Jamiyat

Poraxoʻrlikda ayblanganlar davlat xizmatiga qabul qilinmasligi mumkin

Vzyatka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Deputatlar "Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilishdi.
TOSHKENT, 29 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda korruptsiya sodir etgan shaxslarning davlat xizmatiga qabul qilinmasligi belgilanmoqda. Qonunchilik palatasi deputatlari 28 dekabr kuni "Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilishdi.
Qonun loyihasi bilan davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish va tegishli subʼyektlarning vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi, odob-axloq qoidalari, uning huquqlari va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilanmoqda.
Hujjatda davlat fuqarolik xizmati tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni oʻtash va tugatishning yagona qoidalarini joriy etish koʻzda tutilgan. Shuningdek, birinchi marta davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilmoqda.
Loyihada davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash, korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi kabi normalar oʻz aksini topmoqda.

Mavzuga oid:

Poraxoʻrlik maksimal muddatni 20 yilgacha oshirish taklif qilinmoqda
Davlat korruptsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlarini himoya qiladi
Oʻzbekistonda poraxoʻrlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi
“Pora berishga majbur boʻldim”: endi maxsus dasturiy taʼminotga shikoyat qilish mumkin
Prezident poraxoʻrlik uchun javobgarlikka tortilgan mansabdorlar sonini ochiqladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala