Kolumnistlar

Rossiya armiyasi "aqlli" BMPlar davriga qadam qoʻydi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Fotobankka oʻtishVoyennыy parad v chest 76-y godovщinы Pobedы
Voyennыy parad v chest 76-y godovщinы Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Rossiya armiyasida mavjud BMP-3 zirhli mashinalari yaqin kelajakda zamonaviy avtomatik, nishonga olish, bir necha nishonni kuzatish va yoppasiga yoki ketma-ket oʻt ochish tizimi "Epoxa" bilan jihozlanadi.
TOSHKENT, 29 dek - Sputnik. Rossiyada ishlab chiqilgan quruqlik qoʻshinlarining zirhli texnikasi oʻzining yuqori jangovar xususiyatlari va har qanday iqlim sharoitida ishonchli ishlashi bilan dunyoga tanilgan. Yaqinda ishlab chiqarish boshlangan BMP B-19 va uning "Epoxa" moduli ham ana shu shonli anʼanani davom ettirmoqda.
Piyodalar jangovar mashinasi (BMP) B-19 sinovlarni yakunlab, Rossiya qurolli kuchlari safiga yaqin vaqt ichida qabul qilinishi kerak. 12ta zirhli avtomobildan iborat sinov partiyasi harbiy boʻlinmalar safida 2019 yildan buyon Mudofaa vazirligida sinovdan oʻtmoqda.
BMP B-19 "Gʻarb-2021" strategik oʻquv mashqlari davomida ham oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi. Oʻshanda jangovar mashina vzvod tarkibida shartli raqibning asosiy kuchlarini toʻxtatib turish uchun Belarus, Hindiston, Moʻgʻuliston, va Rossiya kuchlarining oldingi safda jangga kirishdi. Eng yangi mashinalar harbiy qoʻshinlarning jangovor mustahkamligini saqlash va mudofaaning muhim pozitsiyalarini himoya qilishda yordam berdi.
© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishUcheniya "Zapad-2021" v Nijegorodskoy oblasti
Ucheniya Zapad-2021 v Nijegorodskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Ucheniya "Zapad-2021" v Nijegorodskoy oblasti
Rossiya Quruqlik qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni Oleg Salyukov 27 dekabr kuni eng yangi jangovar mashina B-19ning oʻt ochish imkoniyatlari Rossiyada oldin ishlab chiqarilgan BMP-2 va BMP-3 avtomobillaridan ancha ustun ekanini qayd etdi. 57-millimetrli avtomatik pushka, "Kornet" va "Bulat" nomli kichik boshqariluvchi raketalar bilan jihozlangan "Epoxa" jangovar moduli har qanday jang sharoitida boʻlinmaga yuqori oʻt ochish imkoniyat yaratadi. Ushbu qurollar dushmanning tank, uchuvchisiz apparat, past uchuvchi samolyotlari, vertolyot va tirik jonlarini yoʻq qilishi mumkin.
BMP qurollar tizimining asosiy xususiyati - avtomatik ravishda nishon izlash, raqib nishonni tanib olish va kuzatib borish va BMP ekipajiga bir vaqtda yoki navbat bilan bir necha nishonga zarba berishni taklif qilishdir. "Aqlli" oʻt ochish tizimi raqibni kunduzi va tunda nishonga olish hamda raqib tomonning xavfli obʼyektlari haqida maʼlumot berish imkoniga ega.
Odamsiz boshqariladigan "Epoxa" universal moduli - jangovar mashina ekipajning qulaylik va xavfsizligiga taʼsir koʻrsatmaydi. Uni masofadan turib - mashina komandiri yoki shturman terminali orqali boshqarish mumkin. Modul panoramali nishonga olish tizimi bilan jihozlangan boʻlib raqibga har qanday ob-havo sharoitida, tunu-kun zarba berish imkoniyatiga ega.

Olamshumul xususiyatlar

Past ballistikali avtomatik toʻp va 7,62 mmli juft pulemyot (PKTM), "Kornet" va "Bulat" raketa uchirish moslamalari mutaxassislarga yaxshi tanish. "Kornet" - 8km masofagacha zarba berishi mumkin, "Bulat" - esa yengil zirhli texnika va boshqa turli xil nishonlarga, mudofaa va hujum vaqtida zarba berishi mumkin.
© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishForum "Armiya-2020". Ekspozitsiya
Forum Armiya-2020. Ekspozitsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Forum "Armiya-2020". Ekspozitsiya
"Epoxa" universal jangovar moduli yordamida hozir foydalanilayotgan BMP-3 harbiy mashinalarini ham yangilash mumkin. Ikkovining birgalikda koʻrinishi ham monand, va ushbu jarayon yuqori texnologiyali boʻladi: yangilangan shassi, "sunʼiy ong" darajasiga yetgan avtomatik tizim, oʻt ochish tizimini boshqarish BMP-3dan ancha yuqori boʻladi. Bularning barchasi jangovar samaradorlikni keskin oshiradi va kelajakda zamonaviy ishlanmalarni qoʻllash imkonini beradi. Jumladan razvedka, maʼlumot uzatish, nishonni koʻrsatish, yerdagi va koʻkdagi boshqa mashinalar bilan aloqa qilish va jang maydonida kerak boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tizimlar.
B-19ning "Epoxa" jangovar moduli Tula Konstruktorlik byurosida ishlab chiqilgan. Uning asosiy vazifasi - mavjud BMP-3 mashinalarini zamonaviylashtirish va kelajak zirhli mashinalarini jihozlashdir. Jangovar boʻlinma va odamlar oʻtiradigan boʻlinmalarning bir-biridan ajratilishi, mashinada qoʻshimcha besh hajmlar paydo boʻlishiga olib keldi. Bu esa kelajakda B-19ni qoʻshimcha qurol va uskunalar bilan jihozlash imkonini beradi.
© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishForum "Armiya-2020". Ekspozitsiya
Forum Armiya-2020. Ekspozitsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Forum "Armiya-2020". Ekspozitsiya
Piyodalar jangovar mashinasi B-19ning ogʻirligi 18,7 tonna. dvigatel quvvati 500 ot kuchi, shosseda bosib oʻtishi mumkin boʻlgan masofa – 600 km. Ekipaj – 3 kishi va 7 nafar desantchilar. Albatta mashinaning ayrim xususiyatlari jamoatchilikdan sir saqlanmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi "Epoxa" jangovar moduli bilan jihozlangan BMP-3 avtomobillari yetkazib berish boʻyicha shartnomani "Armiya-2017" forumi doirasida imzolagan edi. Mening fikrimcha, oʻrta muddatli kelajakda BMP B-19 va "Epoxa" jangovar moduli jahon qurol-aslaha bozorida oʻz oʻrnini topadi. Rossiya Federatsiyasi ztirhli atomobillari jahon bozorida oʻzining munosib oʻrniga ega. 2010-2017 yildlar davomida Rossiya 1200dan ortiq jangovar mashina sotgan. Ularning aksariyati BMP-3 va BTR-80A, umumiy qiymati 1,48 mlrd dollar.
© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBoyevaya mashina pexotы BMP-3
Boyevaya mashina pexotы BMP-3 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Boyevaya mashina pexotы BMP-3
Aytish joizki Rossiya Quruqlik qoʻshinlari 2021 yilda 2500 yaqin yangi qurol namunalari, harbiy va maxsus texnika, jumladan BMP-3, BTR-82A, T-90M va yangilangan T-72BZM va T-80BVM tanklari olishdi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna boʻling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala