Rossiya

Rossiya fuqaroligi: Putin yangi qonun loyihasini parlamentga kiritdi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishBiometricheskiye zagranichnыe pasporta grajdan RF
Biometricheskiye zagranichnыe pasporta grajdan RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga fuqarolik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasini kiritdi.
TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga fuqarolik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasini taqdim etdi.
Qonun loyihasiga koʻra, Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish protsedurasini 20tadan ortiq toifalarga belgilash koʻzda tutilmoqda, ulardan:
vatandoshlar (sobiq SSSR fuqarolari va ularning farzandlari, vatandoshlarni RFga ixtiyoriy koʻchirishga yordamlashish davlat dasturi ishtirokchilari)
Rossiyada yashovchi yaqin qarindoshlari-rossiyalik boʻlganlar
Rossiya imperiyasi yoki SSSR hududida (Rossiya Federatsiyasi ichida) doimiy yashaganlarning avlodlari;
Qonun loyihaga koʻra, prezident faqat istisno tartibida Rossiya fuqaroligiga qabul qiladi va bu tartib quyidagilarga amal qilishi koʻzda tutilmoqda:
Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari – sobiq SSSR fuqarolari;
Rossiya oldida maxsus xizmatlarga ega boʻlgan kishilar;
kasbi yoki malakasi yoxud boshqa sabablarga koʻra Rossiya uchun qiziqish uygʻotadigan kishilar.
Shuningdek, qonun loyihasida qayd etilishicha, Rossiya fuqaroligini tugatish instituti joriy etiladi - u fuqarolikka qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorlarni bekor qilish oʻrniga boʻladi.
Loyiha, shuningdek, fuqarolikdan mahrum qilishni nazarda tutilgan jinoyatlar roʻyxatini kengaytiradi – terroristik jinoyatlar bilan bir qatorda, davlatga qarshi ayrim ogʻir jinoyatlar va giyohvand moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarni ham oʻz ichiga oladi.
Prezident nafaqat gumanitar maqsadlarda, balki boshqa har qanday maqsadlarda ham Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan holda olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifalarini tasdiqlashi mumkin, deyilgan loyihada. Bularga, fuqarolik toʻgʻrisidagi amaldagi qonunda koʻrsatilgan Belarus, Ukraina, Moldova va Qozogʻiston fuqarolari kirishi mumkin.
Rossiya fuqarolari deb tan olinadigan shaxslar roʻyxati kengaytiriladi:
1992 yil 6 fevralda Rossiya hududida yashagan sobiq SSSR fuqarolari;
️1992 yil 6 fevralgacha Rossiya (RSFSR) hududida tugʻilgan kishilar;
️tugʻilgan kunida ota-onasidan biri sobiq SSSR fuqarosi boʻlgan va Rossiyada (RSFSR) doimiy yashagan kishilar;
️SSSR yoki Rossiya Federatsiyasiga qasamyod qilgan va 1992 yil 6 fevral holatiga boshqa davlatlar hududidagi Rossiya harbiy qismlarida xizmat qilgan harbiylar.
Ularning chet el fuqaroligiga ega boʻlishi - ularga Rossiya fuqaroligini berishni rad etuvchi asos deb hisoblanmaydi, deyilgan Qonun loyihasida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala