Jamiyat

Yangi yil-2022: Yoʻlbars yili archasini qanday bezatish kerak?

© Pexels/Laura JamesYolochnыe ukrasheniya
Yolochnыe ukrasheniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Yangi yil muhitini yaratishda koʻpchilik yil ramzi "yoqtiradigan" moda tendentsiyalari va ranglar bilan bezatishga harakat qiladi.
Yangi yilda omadni jalb qilish uchun 2022 yilgi homiysi boʻlgan Qora suv yoʻlbarsi rang-baranglikni va ola-bulalikni yoqtirmasligini yodda tutish kerak. Yangi yil archasini bezash uchun eng zamonaviy rang kombinatsiyalari bizning materialimizda.
Yangi yil muhitini yaratishda koʻpchilik yil ramzi “yoqtiradigan” moda tendentsiyalari va ranglarni hisobga olishga harakat qiladi. Munajjimlar fikriga koʻra, har bir yangi yil homiysi boʻlgan jonzotning rang borasida oʻz afzal koʻradiganlari bor.
Qora suv yoʻlbarsi ham bundan mustasno emas. Munajjimlar Yangi yil bayramini koʻk, oltin, kumush ranglarmuhitida nishonlashni maslahat beradi.
Nima uchun ranglar bunchalar muhim? Xitoy taqvimiga koʻra, yil ramziga taʼsir qiluvchi har bir sayyora oʻz ranglariga ega. Masalan, 2022 yilda Qora suv yoʻlbarsining sayyorasi Yupiter.
Bu sayyoraga xotirjam, sokin ranglar xos. Yangi yil archasini bezashda buni hisobga olish kerak.
Yangi yil archasiga mos ranglar kombinatsiyasi:
qora, oq, kulrang;
sut va oltin ranglari;
kumush, bronza, mis;
koʻk rangi va uning barcha turlari;
yashil, firuza, yalpiz

Bayram archasini qanday bezash kerak?

Minimalizm boʻlishi lozim - yoʻlbars moʻtadillikni yaxshi koʻradi. Geometrik archabezaklari ham yaxshi tanlov.
Shuningdek, 2022 yilda tabiiy materiallardan foydalangan ham yaxshi - daraxtni haqiqiy archa gʻuddalari, lenta va bantlar bilan bezash mumkin.

Archani bezashda qanday ranglardan foydalanmagan yaxshi?

Qizil va binafsha ranglaridan. Biroq, agar siz aynan shu rangga burkangan Yangi yil archasini xohlasangiz, faqat yumshoq ranglarni tanlang. Ranglarni oʻyinchoqlar bilan masalan, xira rangdagi yangi yil pufaklari bilan “yumshatish” mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala