Video

Afgʻoniston yangi hukumatini tan olish de-fakto amalga oshmoqda - Zamir Kabulov

Hozir Qobulda 8ta davlat elchixonasi toʻliq ishlamoqda, yana 4-5ta davlat elchixonalari ochilish arafasida. Shu tariqa Afgʻoniston yangi hukumatini tan olish de-fakto amalga oshmoqda.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Sputnik muxbirining Rosiya Tolibon*ni qachon tan oladi, degan savoliga Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, Rossiya TIV Ikkinchi Osiyo departamenti rahbari Zamir Kabulov javob berdi.
- Rossiya "Tolibon"*ni qachon tan oladi?
- Biz hozir Afgʻoniston yangi hukumatini tan olish yoki olmaslik haqida oʻylayotganimiz yoʻq. Ayni damda Kobulda Rossiya elchixonasi toʻlaqonli faoliyat yuritmoqda. Biz u yerda yolgʻiz emasmiz. Yana 7 ta davlat elchixonalari ishlamoqda. Undan tashqari 4-5 ta davlat elchixonasi ochilishga tayyorlanmoqda. Ana shunday kichik-kichik qadamlar bilan tan olish de-fakto amalga oshmoqda.
- "Tolibon"* oʻz hukumatini inklyuziv deb atamoqda, shu toʻgʻrimi?
- Hozir "Tolibon"* oʻzini gʻolib deb his qilmoqda, shuning uchun ulardan hozir biror oʻzgarish kutish qiyin. Ikkinchidan, ularning 20 yillik urushda ishtirok etgan aʼzolari oldida ham maʼlum majburiyatlari bor. Uchinchidan, kechagina dushman tomon boʻlgan kishilarni ham ular hukumat boshiga darrov chiqarib qoʻya olmaydi.
- Bu jarayon davom etmoqda, lekin juda sekin. Yaqinda ular iqtisod vaziri lavozimiga badaxshonlik tojik, uning oʻrinbosari hazora millatiga mansub kishini tayinlashdi.
- Etno-siyosiy inklyuzivlik deganda Rossiya nimani tushunadi?
- Afgʻonistonda 4t a asosiy millat yashaydi. Bular pushtunlar (taxminan 50%), tojiklar (30%), Hazoralar (15%), qolganlar oʻzbek, turkam va boshqa millatlar. Bizning fikrimizcha, ushbu millatlarning barchasining vakillari hukumat boshqaruvida turli darajadai ishtirok etishi kerak. Oʻshanda ushbu millatlar oʻzini qulay his qiladi.
Bu faqat bizning istagimiz emas. Xitoy ham, Pokiston ham, Eron ham shunday fikrda. Biz hech kimni yoqlamaymiz va kimni va qanday tanlashga aralashmaymiz, buni "Tolibon"* va afgʻon xalqining oʻzi hal qilishi kerak.
Turkiya, Dubay va boshqa davlatga qochib ketgan sobiq siyosatchilarni qaytarishni "Tolibon"* unchalik istamaydi, chunki ular sobiq hukumat davrida korruptsiyaga aralashgan, deb hisoblashadi.
- “Kengaytirilgan uchlik” formatida Afgʻoniston borasida uchrashuv boʻladimi?
- Biz kelgusi yil yanvar oxiri fevral oyining boshlarida Rossiya, Xitoy, AQSH va Pokiston ishtirokida Kobulda ana shunday uchrashuv oʻtkazishga kelishib oldik. Albatta unda "Tolibon"* ham ishtirok etadi.
- Afgʻonistonda 15 avgust kuni sodir boʻlgan voqealarda kim aybdor? "Tolibon"* hukumatni qoʻlga kiritdi, prezident qochib ketdi.
- Bu borada qochib ketgan hukumatning gapiga quloq solish kerak emas. Ular albatta oʻzlarini oqlashga urinmoqda, lekin buni yaxshi uddalay olishmayapti. Umuman Afgʻonistonda soʻnggi 20 yil, ayniqsa soʻnggi 10 yilda sodir boʻlgan voqealarga Ashraf Gʻani hukumati aybdor deyish mumkin. Lekin ular qoʻgʻirchoq. Haqiqiy aybdor esa – ularning egasida. Ularni hukumat boshiga olib kelgan va u yerda soʻnggi 20 yil davomida ushlab turganlarda. Afgʻonistonning soʻnggi 10 yildagi hukumati suveren boʻlmagan. Ular doim kuchli bosim ostida boʻlga va aytilgan ishni bajargan.
Toʻliq intervyuni rus tilida videolavhamizda tomosha qiling.
* BMT tomonidan terrorchilik harakati uchun taqiq ostiga tushgan guruh.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala