Hodisalar

Nukusda muz oʻrtasida qolib ketgan ikki bola qutqarib olindi – video

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Fotobankka oʻtishOzero Baykal
Ozero Baykal - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
Bolalar koʻl oʻrtasidagi muz ustida oʻynayotgan vaqtida muz yorilib, ular suvga tushib ketishgan.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida muz oʻrtasida qolib ketgan ikki bola qutqarib olindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, 29 dekabr kuni soat 16:45 da Qoskoʻl koʻli oʻrtasida ikki voyaga yetmagan bola qolib ketganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar ularni qutqarish uchun voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan.
Maʼlum boʻlishicha, bolalar koʻl oʻrtasidagi muz ustida oʻynayotgan vaqtida muz yorilib, ular suvga tushib ketishgan. Sovuq suvda oʻzlarini yoʻqotmagan bolakaylar muzlagan suvdan chiqib olib, koʻl oʻrtasidagi orolchada qolib ketishgan. Muz yorilganligi tufayli bolalarning ortga qaytish imkoni boʻlmagan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida orolchada qolib ketgan bolalar qirgʻoqqa olib oʻtilib, voqea joyida ularga birinchi tibbiy yordam berilgan. Keyin malakali yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Hozir ularning ahvoli yaxshi, ular ota-onasi bagʻrida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala