Iqtisod

Yangi “Chevrolet Equinox” narxlari maʼlum qilindi

© Foto: UzAuto MotorsChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
"UzAuto Motors" "Chevrolet Equinox" 2022 yilgi modelining narxni 250 mln soʻmdan 391 mln soʻmgacha etib belgilagan.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasi yangi “Chevrolet Equinox” modellarining narxlarini eʼlon qildi.
Taʼkidlanishicha, yangi “Equinox”ning eng muhim afzalligi uning yangi gibrid tizimidir. Yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Unga oddiy starter oʻrniga kuchli quvvatli motor-generator oʻrnatilgan.
U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi. Ichki yonish dvigateli oddiy generatorni aylantirish uchun kamroq energiya sarflaydi yoki umuman sarflamaydi.
Kompaniya xabariga koʻra, yangi gibrid tizimi aynan elektro mobildek elektr rejimida ishlay olmasa ham, u shunga oʻxshash gibrid boʻlmagan versiyalarga nisbatan shaharda ham, magistralda ham yoqilgʻi samaradorligini oshirishni taʼminlaydi.
Bu tizim sababli yoqilgʻi sarfi sezilarli darajada kamayadi va 100 km uchun atigi 7,01 litrni sarflaydi.
“Chevrolet Equinox MY2022” narxi (QQSsiz):
1.5T LS FWD komplektatsiya — 250 732 510 soʻm;
2.0T 1LT FWD MH komplektatsiya — 338 260 870 soʻm;
2.0T 1LT AWD MH komplektatsiya — 365 217 391 soʻm;
2.0T 3LT AWD MH komplektatsiya- 391 304 348 soʻm.
Qozogʻistonda "Chevrolet Equinox" sotish boshlandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala