Jamiyat

Qaysi yangi yil taomlari zararli

© Sputnik / Aleksey KudenkoSalat olivye
Salat olivye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.12.2021
Odatda Yangi yil dasturxoni toʻkin, mazali va kaloriyali taomlarga boy boʻladi. Ammo, baʼzi taomlar organizm uchun zararli. Qaysi taomlar xavfli va qanday qilib organizmni yangi yil kuni “avaylash” kerak - bu borada gastroenterolog tavsiya berdi.
Yangi yil dasturxonidagi qanday taomlar hazm qilishga kuchli taʼsir qilishi mumkin? Gastroeterolog, diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Irina Berejnaya bu haqda RT ga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Shifokorning fikricha, Yangi yil dasturxonidagi xavfli taomlar - bu tarkibida koʻp miqdorda yogʻli qoʻshimchalar boʻlgan salatlardir.
“Tarkibida mayonez boʻlgan taomlar organizm uchun foydali emas. Biz sevib isteʼmol qiladigan olivye salati ham organizm uchun yetarlicha xavfli, hazmi ogʻir taomlar sirasiga kiradi” – deydi Berejnaya.
Oshqozon, jigar faoliyatiga nafaqat salatlar, balki mayonez, pishloq, yongʻoq qoʻshilgan har qanday taom yomon taʼsir qilishi mumkin. Qovurilgan goʻsht esa organizmni batamom “qiynab qoʻyadi”.
Gastroenterolog tarkibida hazmi yengil mahsulotlar boʻlgan salatlar, gazaklarni isteʼmol qilishni tavsiya qildi. “Ogʻir” taomlarni esa Yangi yilning birinchi kunlari isteʼmol qilgan maʼqul.
“Agar shunday qilsak, organizmga ancha foydali va xavfsiz boʻladi. Kam miqdorda taom isteʼmol qilsak, organizm koʻtara oladi. Shuni yodda tutish kerakki, odatda tungi soat 12 dan soʻng ovqatlanishni boshlaymiz va deyarli jismoniy harakat qilmaymiz”- deya xulosa qildi gastroenterolog.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala