Video

Qorbobolar Toshkentda urush faxriylarini Yangi yil bilan tabriklashmoqda – video

Gʻalabaning 75 yilligi xalqaro jamoasi “Yangi yil bilan, urush faxriysi!” aktsiyasiga qoʻl urishdi.
Aktsiya Toshkentdagi Rus uyi koʻmagida 5 yanvargacha davom etadi.
Bayram kunlari koʻngillilar 50 nafardan ziyod Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, urush farzandlari hamda Leningrad qamalida boʻlganlarning holidan xabar olishadi.
Faollar Qorbobo liboslarini kiyib, poytaxtda yashayotgan urush faxriylarini Yangi yil bilan muborakbod etib, sovgʻa ulashishdi.
Bunga oʻxshash aktsiya uchinchi bor oʻtkazilmoqda, har bir xohlovchi uning ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi – faxriylarga nafaqat 9 May bayramida, balki butun yil davomida yordam koʻrsatish.
Sputnik videosida faxriylarning ularga koʻrsatilgan eʼtibordan boshlari qanday koʻkka yetganini tomosha qilishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala