Rossiya

Yadroviy beshlik davlatlari dunyo xavfsizligi boʻyicha bayonot eʼlon qildi

© Press-slujba MO RF / Fotobankka oʻtishStrategicheskiy raketnыy kompleks s mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketoy mobilnogo bazirovaniya PGRK "Yars
Strategicheskiy raketnыy kompleks s mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketoy mobilnogo bazirovaniya PGRK Yars - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.01.2022
Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSH va Frantsiya yadro urushining oldini olishga qaratilgan qoʻshma bayonot eʼlon qilishdi.
TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Frantsiya va AQSH yetakchilari yadro quroliga ega davlatlar orasida urushning oldini olish maqsadida qoʻshma bayonot eʼlon qilishdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Unda qayd etilishicha, yadroviy beshlik mamlakatlari strategik xavflarni kamaytirishni oʻz masʼuliyati deb biladi.
"Biz yadroviy urushda hech kim gʻolib boʻlishi mumkin emasligini va bunga hech qachon yoʻl qoʻyib boʻlmasligini eʼlon qilamiz. Chunki Yadro qurolidan foydalanish - uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biz shuningdek, yadro quroli mavjud ekan, u faqat mudofaa maqsadida, tajovuzlarni toʻxtatish va urushning oldini uchun xizmat qilishi kerakligini yana bir bor tasdiqlaymiz. Va biz bunday qurollarning tarqalishini oldini olish kerak, deb hisoblaymiz", - deyiladi yadroviy beshlik bayotnotida.
Bundan tashqari, yadroviy davlatlar yadroviy qurollarni tarqatmaslik, qurolsizlantirish va nazorat qilish boʻyicha ikki va koʻp tomonlama kelishuvlarga rioya qilish muhimligini yana bir bor tasdiqladilar.
"Biz har birimiz yadro qurolidan ruxsatsiz yoki qasddan foydalanishning oldini olish boʻyicha milliy chora-tadbirlarimizni saqlab qolish va yanada kuchaytirish niyatidamiz. Biz oldingi aytilgan yadro qurollarimiz bir-biriga yoki boshqa hech qanday nishonga qaratilmaganligi haqidagi bayonotlarimizning dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaymiz" , - deyilgan bayonotda.
Beshta yadroviy davlat rahbarlari kelajakda yadro qurolidan xoli boʻlgan dunyo qurish uchun barcha davlatlar bilan hamkorlik qilish intilishlarin taʼkidladilar.
“Biz harbiy qarama-qarshilikning oldini olish, kelajakka ishonchni kuchaytirish, oʻzaro tushunish va ishonchni oshirish, hech kimga foyda keltirmaydigan qurollanish poygasini oldini olish maqsadida, kelajakda ikki va koʻp tomonlama diplomatik yondashuvlar izlashda davom etamiz. Biz oʻzaro hurmat va oʻzaro manfaatlarni hamda xavfsizlik borasidagi oʻzaro bezovtalikni tan olish maqsadida konstruktiv suhbat qurishga tayyormiz", - deb qayd etilgan yadroviy davlatlar bayonotida.
Rossiya tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Mariya Zaxarova aytishiga koʻra, ushbu hujjat 4 yanvar kuni Nyu-Yorkda ochilishi kerak boʻlgan Yadroviy Qurolni Tarqatmaslik shartnomasi tashkiloti davlatlarining X Anjumani ochilishida eʼlon qilinishi kerak edi. Lekin epidemiologik vaziyat tufayli anjuman qoldirildi. Lekin yadroviy davlatlar ushbu bayonotni eʼlon qilishni maʼqul koʻrishdi.
Bayonotning eʼlon qilinishi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan oʻtkazish taklif qilinayotgan yadroviy beshlik davlatlari, BMTning doimiy aʼzolari sammiti oʻtkazishni inkor qilmaydi, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala