Qozog‘iston chet el fuqarolarining mamlakatga kirishini to‘xtatdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Kazaxstane na fone protestov
Situatsiya v Kazaxstane na fone protestov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston favqulodda holat munosabati bilan xorijliklarning mamlakatga kirishini to‘xtatdi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Qozog‘iston favqulodda holat munosabati bilan xorijliklarning mamlakatga kirishini to‘xtatdi. Bu haqda RIA Novostiga Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili ma’lum qildi
"Favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan xorijiy fuqarolarning Qozog‘iston hududiga kirishi to‘xtatildi. Shu jumladan, piyoda, havo va boshqa har qanday transport vositalarida", - dedi elchixona vakili.

Qozog‘istondagi vaziyat

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Neft qazib olinadigan Mangistau viloyatida joylashgan Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi avtomobillar uchun yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi namoyishga chiqdi. Tartibsizliklar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi.
Keyinroq prezident Qosim-Jomart Toqayev olti oy muddatga yoqilg‘i narxini davlat tomonidan tartibga solishni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, hukumatni iste’foga chiqardi va avval respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev boshqargan Xavfsizlik kengashi raisi bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0