Toshkentda 5ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

© Unsplash / Clark Van Der BekenRazbitiy avtomobil. Illyustrativnoe foto
Razbitiy avtomobil. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2022
Obuna bo‘lish
Mirobod tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. 5-yanvar kuni soat 20:30 larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida:
1) haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi "AUDI" rusumli;
2) haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan O.B. boshqaruvidagi "Vaz-2106" rusumli;
3) haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli;
4) haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan U.K. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli;
5) haydovchi, 1990-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qildi.
To‘qnashuv natijasida, "Vaz-2106" rusumli avtomobil haydovchisi O.B. hamda "AUDI" rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi, 1998-yilda tug‘ilgan S.U.ga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari surishtiruv olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0