O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v odnom iz otdeleniy gospitalya COVID-19
Meditsinskie rabotniki v odnom iz otdeleniy gospitalya COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2022
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 251 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199 758 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik.Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 251 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199 758 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (1), Andijon viloyatida (9), Buxoro viloyatida (4), Jizzax viloyatida (8), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (3), Samarqand viloyatida (36), Sirdaryo viloyatida (1), Surxondaryo viloyatida (2), Farg‘ona viloyatida (5), Xorazm viloyatida (12), Toshkent viloyatida (47), Toshkent shahrida (120) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 196 851 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizga yetdi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1 488 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 297,7 milliondan oshdi, 5,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (57,7 mln), Hindistonda (35,1 mln), Braziliyada (22,3 mln).
Yangiliklar lentasi
0