Analitika

Qozogʻistondagi tartibsizliklar butun MOga xavf tugʻdiradimi? Siyosatshunoslar fikri

© Sputnik / Fotobankka oʻtishSituatsiya v Kazaxstane na fone protestov
Situatsiya v Kazaxstane na fone protestov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Siyosatshunoslar Sputnik Oʻzbekiston ga Qozogʻistondagi vaziyatning butun Markaziy Osiyo mintaqasiga taʼsiri va nega mamlakat KXSHT yordamisiz hech nima qila olmayotgani haqida soʻzlab berdi.
TOSHKENT, 7 yanv – Sputnik Mana bir necha kunlardan beri Qozogʻiston, sobiq SSSRning eng barqaror va osoyishta mamlakatlaridan biri, xalqaro muhokamalar tartibidan chiqmay kelyapti. Narx-navo va suyultirilgan neft gazi sababli boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi.
Xususan, talonchilik va qirgʻinlar mamlakatning janubiy poytaxti Olma-ota shahrini qurshab oldi. Hozirgi vaqtga qadar jabrlangan soni 353 nafarni tashkil qilmoqda. 13 nafar politsiya xodimlari oʻldirildi, beshta telekanal ofisi vayron boʻldi, doʻkon va restoranlar talon-taroj qilindi.
Bundan tashqari, talonchilar Olma-ota shahrining eng muhim obʼyektlariga hujum uyuushtirdi: aeroport vayron qilindi, shahar hokimiyati – akimat binosi deyarli yonib ketgan. Shahar shifoxonalaridan biriga ham zarar yetkazilgan - talonchilar shifokorlar va bemorlarni ichkariga kiritmasdan maskanni qurshab olgan.
Boʻlib oʻtayotgan voqealar fonida Kozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat uchun terrortistik xavf paydo boʻlganini eʼlon qildi va Kollektiv Xavfsilik Shartnomasi Tashkilotidan yordam kuchi soʻradi.
Qozogʻistondagi tartibsizliklar qoʻshni mamlakatlar uchun ham xavf tugʻdiradimi va nega mamlakat KXSHT kuchlarini jalb qilmoqda? Bu haqida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Markaziy Osiyo boʻyicha mutaxassislardan izoh soʻradi.

Kriminal va terrorchilar

Siyosatshunos Mars Sariyevning fikrlariga koʻra, talonchilarning kichik va oʻrta biznes obʼyektlariga qilayotgan hujumlaridan shuni tushunish mumkinki, shaharda jinoyatchilik avj olgan. Mavjud vaziyatdan radikal kayfiyatdagi shaxslardan tortib Afgʻonistondagi jangovar tajribaga ega boʻlgan boshqa destruktiv kuchlar ham foydalanib qolishi mumkin.
“Butun Markaziy Osiyo mintaqasida beqarorlik yuz berishi mumkin”, - deydi siyosatshunos va umumiy chegaralarni hisobga olganda, Oʻzbekiston ham zarar koʻrishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.
Holbuki, 13 nafar oʻldirilgan politsiyachilardan ikki nafarining boshi kesilgan holda topilgan. Taʼkidlab oʻtish kerak - boshni tanadan judo qilish aynan ekstremistlar orasida keng tarqalgan qatl qilish turi. Shu sababli prezident Toqayevning terrorchilik xavf haqidagi bayonoti asoslidir. Terrorchilik - bu klassik tashqi xavf, biroq tashqi xavflar ham ichkaridan boʻlishi mumkin, deya taʼkidlaydi iqtisodiyot fanlari nomzodi, Markaziy Osiyo boʻyicha ekspert Kubat Rahimov.

“Qosim-Jomart Toqayevning KXSHTga murojaat qilishi - oddiy va tabiiy taktika, u asrlar davomida sinovdan oʻtgan: murakkab vaziyatlarda ittifoqchilar yordamga keladi. Odamlarning oʻlimiga va yana tartibsizliklarga yoʻl qoʻymaslik kerak. KXSHT bilan oʻzaro hamkorlik hududni himoya qilishga yordam beradi. Olma-ota aeroporti mamlakat uchun ahamiyatlimi? Ahamiyatli. Bunisi harbiy garnizonlarga ham tegishli”, - deydi Rahimov.

KXSHT bunda nima qilib berishi mumkin?

KXSHTning barcha aʼzo mamlakatlari - Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston - Qozogʻistonning muhim davlat va harbiy obʼyektlarini mudofaa qilishga tayyor. Tinchlikparvar kuchlar tarkibida qancha harbiylar borligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Hozirgi vaqtga qadar bir nechta mamlakatlar aniq raqamlarni maʼlum qilgan xolos.
Armaniston Qozogʻistonga 70 nafar harbiy joʻnatmoqda, Tojikiston - 200, Rossiyadan KXSHT tarkibiga esa havo-desant kuchlari kiritilgan.
Darvoqe, ijtimoiy tarmoqlarda provokatsion harakatlar paydo boʻlmoqda - KXSHT haqida soʻz ketganda, baʼzi fikr yetakchilari asosiy nuqtai nazarni faqat Rossiyaga qaratishmoqda. Biroq bu Qozogʻistonda ham, butun mintaqada ham Rossiyaga qarshi kayfiyatni yuzaga keltirishi dargumon, deya hisoblaydi Kubat Rahimov.
“Agar KXSHT kuchlari 2010 yildagi tartibsizliklarda Qirgʻizistonda harakat qilganda, ular koʻp odamlarning hayoti va mol-mulkini saqlab qolgan boʻlardi. Qozogʻistonda qisman iqlim sharoiti bunga yordam berdi: poytaxt Nur-Sultonda tartibsizliklar yoʻq, chunki sovuq, deydi ekspert. Aholi buni tushunadi. Bundan tashqari, tinchlikparvar kontingent va aholi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa boʻlmaydi, deb hisoblayman – boʻlinmalar muhim infratuzilma obʼyektlarida joylashtirilgan”.

Ortga qaytmaydigan nuqta

Mintaqada terrorchilik tahdidi mavjudligini inobatga olgan holda, KXSHT oʻz nizomini buzmaydi (Tashkilotning vazifasi aʼzo davlatlarni tashqi tahdidlar va xalqaro terrorchilardan himoya qilishdir). Qolaversa, Tashkilotga kiruvchi barcha davlatlar orasida Qozogʻiston ancha zaif hisoblanadi, deydi Kubat Rahimov.

“Qirgʻizistonga osonroq – unutmang, Kantda harbiy baza va aviatsiya (Rossiya Kant aviabazasidan davlatlararo kelishuvga muvofiq foydalanadi va muntazam Qirgʻizistonga harbiy texnika uzatadi – Sputnik), KXSHT tezkor reaktsiya kuchlariga bogʻliq tayyorlangan xodimlar”, deya tushuntiradi mutaxassis.

Armanistonda ham Rossiya harbiy bazasi joylashgan, baza Tojikistonda ham mavjud - bu obʼyektlar terrorchilik tahdidlar yuzaga kelganda mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlash, himoya qilishga qodir, deydi Kubat Rahimov. Qozogʻistonning tashqi xavf-xatarlarga duchor boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kelajakda KXSHT faoliyati isloh qilinishi mumkin.
“Mamlakatlar oʻrtasida xuddi Shengen kabi chegara ittifoqiga ehtiyoj paydo boʻlmoqda. Chegarani kim va qayerda kesib oʻtayotganini bilish uchun maʼlumotlar bazalarini birlashtirish kerak, shunda mintaqa himoyasi sezilarli darajada oshadi”, deydi siyosatshunos .
Yangiliklar lentasi
0