COVID-19 alomatsiz shaklining asosiy xavfi aniqlandi

© AFP 2023 / TIZIANA FABIVrach v bolnitse
Vrach v bolnitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2022
Obuna bo‘lish
Germaniyalik olimlar COVID-19 alomatsiz shakli organlarga jiddiy zarar keltirishini aniqlashdi.
COVID-19ning alomatsiz shakli izsiz o‘tib ketmaydi. European Heart Journalning xabar qilishicha, bir guruh germaniyalik olimlar shunday xulosaga kelgan.
Olimlarning ogohlantirishicha, kasallikning hatto yengil shakli ham orgnizmning turli a’zolariga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. O‘pka hajmining kamayishi, nafas yo‘llari qisilishi, yurak muammolari, buyraklar faoliyatining yomonlashishi va oyoqlarda vena trombozi kelib chiqish xavfi shular jumlasidandir.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, olingan natijalar juda muhim, zero, ayni vaqtda butun dunyoda keng tarqalayotgan omikron shtammi qisman alomatsiz yoki yengil shaklda o‘tib ketmoqda.
Omikron shtamm birinchi bor noyabr oyining boshida Bostvana va JARda aniqlangan edi. Koronavirusning ushbu varianti 30 xil mutatsiya bilan farqlanadi va yuqori darajadagi yuqumlilik va kuchli immunitetga qarshi chidamlilik xususiyatiga ega. Ko‘p mamlakatlarda omikron shtammi kasallanishning ko‘payishiga olib kelgan.
JSST bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda 300 millionga yaqin inson koronavirus bilan kasallangan, ulardan 5,4 million nafari hayotdan ko‘z yumgan. AQSh, Hindiston, Braziliya, Buyuk Britaniyada vaziyat jiddiyligigacha qolmoqda. Rossiya bu ro‘yxatda beshinchi o‘rinda turibdi.
Emlanish koronavirusdan himoyalanishning eng samarali yo‘li bo‘lib qolmoqda. Sentabr oxirida JSST koronavirus tufayli o‘lim holatlarining ko‘payib ketishiga sabab qilib profilaktik immunizatsiyadan voz kechilayotganini ko‘rsatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0