Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston poytaxtida – uning matbuot kotibi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2022
Obuna bo‘lish
Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston poytaxtida - uning matbuot kotibi Aydos Ukibay.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston poytaxtida, bu haqda uning matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qildi.

"Biz yolg‘on va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Elboshi bir qator maslahat uchrashuvlari o‘tkazmoqda va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan bevosita aloqada", - deb yozgan u.

Nazarboyev barchani Toqayev atrofida birlashishga chaqirdi.
“Elboshi barchani hozirgi qiyinchiliklarni yengib o‘tish va mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash uchun Qozog‘iston prezidenti atrofida birlashishga chaqiradi”, — deb yozgan uning matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Belarus prezidenti matbuot xizmati Lukashenko va Nazarboyev telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergandi.
Ular Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Mavzuga doir materiallar:
Lukashenko va Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi
Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar haqida
Yangiliklar lentasi
0