Qozog‘istondan 35 nafar o‘zbekistonlik talaba Toshkentga olib kelindi

Studenti KazGUU
Studenti KazGUU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar o‘zbekistonlik talaba Toshkentga qaytarildi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar o‘zbekistonlik talaba Toshkentga qaytarildi, deb xabar qildi "Dunyo" AA.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar vatandoshimiz Uzbekistan Airways samolyoti orqali uyga qaytdi.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Zarurat tug‘ilganda fuqarolar istalgan vaqti O‘zbekistonning Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Olmaota (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0