https://oz.sputniknews-uz.com/20220110/bundan-birinchi-navbatda-ozbekiston-xulosa-chiqarib-olishi-kerak---lukashenko-22124962.html
Bundan birinchi navbatda Oʻzbekiston xulosa chiqarib olishi kerak - Lukashenko
Bundan birinchi navbatda Oʻzbekiston xulosa chiqarib olishi kerak - Lukashenko
Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealardan birinchi navbatda Oʻzbekiston xulosa chiqarib olishi kerak - Aleksandr Lukashenko.
2022-01-10T14:35+0500
2022-01-10T14:35+0500
2022-01-10T15:04+0500
qozogʻistondagi ommaviy tartibsizliklar
qozogʻiston
belarus
aleksandr lukashenko
ommaviy tartibsizlik
kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
norozilik namoyishi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/0a/22124413_0:120:2728:1655_1920x0_80_0_0_1697205ca781448b6d404501eea406f6.jpg
TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealardan birinchi navbatda Oʻzbekiston xulosa chiqarib olishi kerak, dedi Belarus prezidenti bugun boʻlib oʻtgan KXSHT davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sessiyasida. "Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealarda tashqi faktor albatta bor, ularning stsenariysi bizga tanish. Ana shunday davlat toʻntarishlariga misol tariqasida Yugoslaviya, Iroq, Afgʻoniston, Ukrainani sanab oʻtish mumkin. Yaqinda Belarusda ham ana shunga oʻxshash urinish boʻlgan edi. Albatta ushbu mamlakatlarning har birida oʻziga xos xususiyatlar bor edi, lekin ularning barchasida umumiylik, oʻxshashlik ham bor. Bu - tashqi aralashuv. Biroz vaqt oʻtib ularning barchasining ismi shariflari, turar joyi aniqlanadi. lekin bunday voqealarda tashqi omil yagona boʻlmaydi. Ichki omil ham boʻladi. Xuddi Belarusda boʻlgani kabi. Aytish joizki, bizga yaqin qardosh qozoq xalqi va Qozogʻiston atrofida va Markaziy Osiyo respublikalari atrofida hududda notinchlik oʻrnatish vaziyatni "portlatib yuyuborish"ni istaydigan kuchlar juda koʻpaygan. Yaqinda ularga Afgʻoniston ham qoʻshildi. Qozogʻiston chegaralarida koʻplab xalqaro terrorchilar toʻplanib qolganini koʻrdik, bu birinchidan.Ikkinchidan, bizning sobiq Ittifoq respublikalarimiz ushbu salbiy holatlarni hal qilish uchun faqat bitta respublika hududida harakat qilish yetarli boʻlmaydi. Bizning xulosamizga koʻra, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga eng yaqin qardosh halqlar sifatida ushbu muammoni birgalikda hal qilishga harakat qilib koʻrishi kerak. Bizning maʼlumotimizga koʻra, ularning nazarlari, jumladan, Oʻzbekistonga ham qaratilgan. Lekin asosiysi - bu darslar. Bugun Qozogʻiston oʻrganayotgan darslar, yaʼni tashqi va ichki sabablar. Bu barcha respublikalarga taalluqli. Agar biz barcha sabablarni oʻrganmasak, faqat tashqi omilga bogʻlab oʻtirsak - vaziyat takrorlanishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyoda terrorchilarning yashirin guruhlarini tuzish xavfi borligi, va ushbu guruhlar kerakli vaqtda bir zumda uygʻonishi mumkinligini haqida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham koʻp marotaba aytib oʻtgan edi. Biz ham oldin bu gapni koʻp marotaba eshitgan boʻlsak-da, "Belarusda bunaka boʻlmaydi, bu balo bizning yonimizdan oʻtib ketadi" deb oʻylardik, lekin bunday boʻlmadi. Qozogʻistondan boʻlib oʻtgan tartibsizliklarni chuqurroq oʻrgansa ularning negizida professional jangarilar turganini koʻrish mumkin. Bu juda xavfli tendentsiya. Kim ularni tashkil qilgan va boshqarganini - aniqlash kerak. Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealar tashkilotchilari va boshqaruvchilari juda chuqur yashiringan. Lekin mening ishonchim komilki, Belarus va Qozogʻiston voqealari kalavacini oxirigacha chuvatsak - biz yagona boshlangʻich nuqtaga kelamiz. Biz tomondan kollektiv tinchlikparvar kuchlarini kritish toʻgʻrisidagi qaror oʻz vaqtida qabul qilinganini alohida taʼkidlamoqchiman. Lekin bizni kelajakda jiddiy chaqiriqlar kutmoqda. KXSHTning barcha tuzilmalarini va birinchi navbatda uning tinchlikparvar kuchlarini mustahkamlash kerak. Bu borada AQSH yoki Gʻarb davlatlari tomon ortiqcha bosh oʻgirish yoki "tortinish" kerak emas. Ularni oʻzlarida biror muammo paydo boʻlsa, bizga qarab oʻtirishmaydi-ku? Yoki bu demokratiyaga mosmi yoʻqmi deb ham oʻylashmaydi. Oʻz manfaati uchun nima kerak boʻlsa oʻshani qiladi. Biz ham ana shuni hisobga olishimiz kerak. Qozogʻistonda birinchi damdayoq keskin harakat qilindi va buning natijasi koʻrinib turibdi. Gʻarb siyosatchilari boshida nima deyishini bilmay qoldi shekilli. Ular 2-3 kun pauza ushlab turishdi, boʻlayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishdi, ehtimol oʻzaro kelishib olishgan. Va keyin biz kutgandek demokratiya, ozodlik, keskin choralar koʻrmaslik kerak degan bayonotlar bilan chiqishdi. Kelajakda biz bunday holatlarni diqqat bilan kuzatib borishimiz va ehtimoliy xavflarni oldindan bartaraf etishimiz kerak. Jumladan, axborot maydonida ham oldindan zarba berishga harakat qilish kerak. Tinchlikparvar kuchlarni "okkupantlar" deb nomlashga yoʻl qoʻymaslik kerak. Bunday urinishlar boʻldi. Bizni qardosh xalq taklif qildi. Biz unga yordam berdik. Bu ham bir dars. Yaxshi dars boʻldi, - deya xulosa qildi Belarus prezidenti.
qozogʻiston
belarus
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/0a/22124413_182:0:2547:1774_1920x0_80_0_0_cfae817b555e9f5305a221ff1a456f73.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qozogʻistondagi ommaviy tartibsizliklar, qozogʻiston, belarus, aleksandr lukashenko, ommaviy tartibsizlik, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht), norozilik namoyishi
Bundan birinchi navbatda Oʻzbekiston xulosa chiqarib olishi kerak - Lukashenko
14:35 10.01.2022 (yangilandi: 15:04 10.01.2022) Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealardan birinchi navbatda Oʻzbekiston xulosa chiqarib olishi kerak - Aleksandr Lukashenko.
TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealardan birinchi navbatda Oʻzbekiston xulosa chiqarib olishi kerak, dedi Belarus prezidenti bugun boʻlib oʻtgan KXSHT davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sessiyasida.
"Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealarda tashqi faktor albatta bor, ularning stsenariysi bizga tanish. Ana shunday davlat toʻntarishlariga misol tariqasida Yugoslaviya, Iroq, Afgʻoniston, Ukrainani sanab oʻtish mumkin. Yaqinda Belarusda ham ana shunga oʻxshash urinish boʻlgan edi.
Albatta ushbu mamlakatlarning har birida oʻziga xos xususiyatlar bor edi, lekin ularning barchasida umumiylik, oʻxshashlik ham bor. Bu - tashqi aralashuv. Biroz vaqt oʻtib ularning barchasining ismi shariflari, turar joyi aniqlanadi. lekin bunday voqealarda tashqi omil yagona boʻlmaydi. Ichki omil ham boʻladi. Xuddi Belarusda boʻlgani kabi.
Aytish joizki, bizga yaqin qardosh qozoq xalqi va Qozogʻiston atrofida va Markaziy Osiyo respublikalari atrofida hududda notinchlik oʻrnatish vaziyatni "portlatib yuyuborish"ni istaydigan kuchlar juda koʻpaygan. Yaqinda ularga Afgʻoniston ham qoʻshildi. Qozogʻiston chegaralarida koʻplab xalqaro terrorchilar toʻplanib qolganini koʻrdik, bu birinchidan.
Ikkinchidan, bizning sobiq Ittifoq respublikalarimiz ushbu salbiy holatlarni hal qilish uchun faqat bitta respublika hududida harakat qilish yetarli boʻlmaydi. Bizning xulosamizga koʻra, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga eng yaqin qardosh halqlar sifatida ushbu muammoni birgalikda hal qilishga harakat qilib koʻrishi kerak.
Yuqorida aytilgan, darslardan boshqa respublikalar va meni kechirasiz, birinchi navbatda, Oʻzbekiston xulosa chiqarib olishi kerak", - dedi Belarus rahbari.
Bizning maʼlumotimizga koʻra, ularning nazarlari, jumladan, Oʻzbekistonga ham qaratilgan. Lekin asosiysi - bu darslar. Bugun Qozogʻiston oʻrganayotgan darslar, yaʼni tashqi va ichki sabablar.
Bu barcha respublikalarga taalluqli. Agar biz barcha sabablarni oʻrganmasak, faqat tashqi omilga bogʻlab oʻtirsak - vaziyat takrorlanishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyoda terrorchilarning yashirin guruhlarini tuzish xavfi borligi, va ushbu guruhlar kerakli vaqtda bir zumda uygʻonishi mumkinligini haqida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham koʻp marotaba aytib oʻtgan edi.
Biz ham oldin bu gapni koʻp marotaba eshitgan boʻlsak-da, "Belarusda bunaka boʻlmaydi, bu balo bizning yonimizdan oʻtib ketadi" deb oʻylardik, lekin bunday boʻlmadi.
Qozogʻistondan boʻlib oʻtgan tartibsizliklarni chuqurroq oʻrgansa ularning negizida professional jangarilar turganini koʻrish mumkin. Bu juda xavfli tendentsiya. Kim ularni tashkil qilgan va boshqarganini - aniqlash kerak. Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealar tashkilotchilari va boshqaruvchilari juda chuqur yashiringan.
Lekin mening ishonchim komilki, Belarus va Qozogʻiston voqealari kalavacini oxirigacha chuvatsak - biz yagona boshlangʻich nuqtaga kelamiz.
Biz tomondan kollektiv tinchlikparvar kuchlarini kritish toʻgʻrisidagi qaror oʻz vaqtida qabul qilinganini alohida taʼkidlamoqchiman.
KXSHTning birgalikda harakat qilishi - jangarilarni bir zumda hovurdan tushirdi va butun dunyoga bizning yaqin ittifoqchi munosabatlarimizni, va KXSHT potentsialini namoyish qildi.
Lekin bizni kelajakda jiddiy chaqiriqlar kutmoqda. KXSHTning barcha tuzilmalarini va birinchi navbatda uning tinchlikparvar kuchlarini mustahkamlash kerak. Bu borada AQSH yoki Gʻarb davlatlari tomon ortiqcha bosh oʻgirish yoki "tortinish" kerak emas.
Ularni oʻzlarida biror muammo paydo boʻlsa, bizga qarab oʻtirishmaydi-ku? Yoki bu demokratiyaga mosmi yoʻqmi deb ham oʻylashmaydi. Oʻz manfaati uchun nima kerak boʻlsa oʻshani qiladi. Biz ham ana shuni hisobga olishimiz kerak.
Qozogʻistonda birinchi damdayoq keskin harakat qilindi va buning natijasi koʻrinib turibdi.
Gʻarb siyosatchilari boshida nima deyishini bilmay qoldi shekilli. Ular 2-3 kun pauza ushlab turishdi, boʻlayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishdi, ehtimol oʻzaro kelishib olishgan. Va keyin biz kutgandek demokratiya, ozodlik, keskin choralar koʻrmaslik kerak degan bayonotlar bilan chiqishdi.
Kelajakda biz bunday holatlarni diqqat bilan kuzatib borishimiz va ehtimoliy xavflarni oldindan bartaraf etishimiz kerak. Jumladan, axborot maydonida ham oldindan zarba berishga harakat qilish kerak. Tinchlikparvar kuchlarni "okkupantlar" deb nomlashga yoʻl qoʻymaslik kerak. Bunday urinishlar boʻldi. Bizni qardosh xalq taklif qildi. Biz unga yordam berdik. Bu ham bir dars. Yaxshi dars boʻldi, - deya xulosa qildi Belarus prezidenti.