O‘zbekistonning doimiy aholisi soni necha kishiga yetdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKanatoxodes v parke "Navruz"
Kanatoxodes v parke Navruz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Yangi - 2022-yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 35 271 276 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Jumladan, shahar aholisi soni 17,9 million kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,7 foiz), qishloq aholisi soni esa 17,4 million kishini (49,3 foiz) tashkil etgan.
O‘zbekistonda Yangi - 2022-yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
2021 yil 18-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 35 mln 122 ming 514 kishini tashkil etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0