Xususiy ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til uzaytirildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishKabinet informatiki. Arxivnoe foto
Kabinet informatiki. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi xususiy ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini uzaytirish bo‘yicha taklif Maxsus komissiya tomonidan ma’qullandi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda nodavlat ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirish bo‘yicha taklifi Maxsus komissiya tomonidan ma’qullangan.

“Shu munosabat bilan nodavlat ta’lim tashkilotlarida 2022-yil 24-yanvarga qadar o‘quv jarayoni tashkil qilinmaydi”, - deyilgan inspeksiya matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular uchun tashkil qilinayotgan onlayn fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlarda faol ishtiroki ta’minlash maqsadga muvofiq.
Avvalroq xususiy maktablarga ham qishki ta’tilni uzaytirish tavsiya qilingan edi.

Mavzuga oid:

Maktablarda qishki ta’til uzaytirildi
Ta’til uzaytirilgani o‘qituvchilarning maoshiga ta’sir qiladimi
Qishki ta’til uzaytirilgani yozgi ta’til vaqtiga ta’sir ko‘rsatmaydi – XTV
Ta’tildan qaytadigan talabalar uchun yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Yangiliklar lentasi
0