Aeroportlarda Rossiya kompaniyasining ro‘yxatga olish tizimi joriy etilmoqda

Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportida o‘z ro‘yxatga olish tizimiga ega bo‘lmagan aviakompaniyalari ushbu tizimga bosqichma-bosqich o‘tadi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida bosqichma-bosqich rus “Sirena Travel” kompaniyasining yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish Astra DCS tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu tizimdan 12-yanvar kuni Namangan aeroportida Moskvaga uchayotgan “Uralskie avialinii” yo‘lovchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishda foydalanilgan. Yangi ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha ikkinchi reys ham shu kuni Namangandan Yekaterinburgga amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, ilgari barcha aeroportlar milliy aviakompaniyaning bitta ro‘yxatdan o‘tish tizimidan foydalangan. Keyinchalik aeroportlar uchun o‘zlarining ro‘yxatga olish tizimiga ega bo‘lish ehtiyoji tug‘ilgan.
"O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportida o‘z ro‘yxatga olish tizimiga ega bo‘lmagan yoki respublika aeroportlarida ularning tizimi o‘rnatilmagan barcha aviakompaniyalari ushbu tizimga bosqichma-bosqich o‘tadi. Astra DCS tizimi grafik interfeysga ega bo‘lib, yo‘lovchilar va yuklarni tez va qulay tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi”, — deydi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Javlon Umarxo‘jayev.
“Uzbekistan Airways” Namangandan Rossiya shaharlariga arzon chiptali parvozlarni boshlaydi
“Sirena Travel” kompaniyasining Astra DCS — yo‘lovchilar va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining barcha zarur operatsiyalarini avtomatik ravishda bajarilishini ta’minlaydigan zamonaviy ko‘p tilli xosting tizim.
Yangiliklar lentasi
0