Kollektiv tahdid: Rossiyaga qo‘shni davlatlar G‘arb zarbasi ostida

© REUTERS / Pavel MikheyevJenshina fotografiruyet zdanie, sojjennoe vo vremya besporadkov v Almati
Jenshina fotografiruyet zdanie, sojjennoe vo vremya besporadkov v Almati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
Kim sobiq Ittifoq hududini "jang maydoni"ga aylantirishni istaydi? Buni oldini olish uchun nima qilish kerak?
Qozog‘iston hukumati KXShT yordamida terrorchilardan qutulib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Aksilterror operatsiya va hibsga olishlar hali davom etmoqda, lekin umumiy vaziyat hukumat qo‘l ostiga o‘tmoqda. Ushbu ijobiy xabarlar G‘arbdagi hamkorlarning qattiq ranjishiga sabab bo‘ldi.
Oq uy Qozog‘iston prezidenti Toqayevning terrorchilar qurolni topshirmagan taqdirda yo‘q qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i borasida o‘z “xavotirini” bildirdi. Ya’ni Qozog‘iston ko‘chalarida fuqarolar bir-birini o‘ldirib, talon-taroj qilayotganda – Amerika uchun “hammasi zo‘r” bo‘lardi.
Terrorchilar qo‘lidan hech nima kelmasligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, AQSh diplomatik vakolatxonasi “e’tiroz sifatida” o‘zining Qozog‘istondagi missiyasi xodimlari sonini kamaytirdi. “Xafa bo‘ldi”.
Xullas, hammasi tushunarli. Bo‘shab qolgan ko‘chalar, yoqib yuborilgan binolar, talon-taroj qilingan magazinlar va ko‘chalarda yotgan murdalar – amerikalik hamkorlar sobiq Ittifoq respublikalarini aynan shunday ko‘rinishga keltirmoqchi. Ushbu davlatni Yaponiya yoki FRG kabi davlatlarga aylantirishga urinish bo‘lmadi, demak endi ular Gaitiga aylantiriladi. Vashington ularga yovvoyi millatchilik va zamonaviy qurollardan iborat o‘zining mashhur kokteylini taklif qiladi. O‘shanda ko‘rasiz.
Chiroyli Olma-ota shahri islomiy radikallar bilan yaqin aloqalarda bo‘lgan banditlar tomonidan vayron qilindi. Lekin bu hali dasturning birinchi nuqtasi. Hech kim Qozog‘iston bilan cheklanishni rejalashtirayotgani yo‘q.
2019 yilda Rand Corporation, AQSh Mudofaa muassasalari nuqtayi nazaorini e’lon qilgan edi - “Rossiyada nizolarni kuchaytirish va muzozanatdan chiqarish”. U yerda hammani aniq ko‘rsatilgan: dastlab Ukrainaga o‘lim qurollari yetkazib berish, keyin Belarusda notinchlik uyg‘otish, undan so‘ng esa Markaziy Osiyoga “o‘t qo‘yish”. Bir vaqtning o‘zida – Janubiy Kavkazna notinchlik uyg‘otish va Pridnestrovyeni Moldaviyaga “qaytarish”.
Xullas amerikalik “hamkor”larning yaqin vaqtdagi rejalari – sobiq SSSR hududida saqlanib qolgan sivilizatsiyaning barcha anklavlarini barbod qilish. Rand Corporationning yana bir hisobotida sobiq Ittifoqning “oraliq davlatlari” (in-between states) “jang maydoni”ga aylanishi kerak. Harbiylar bekorchi gaplarni aytmaydi. Demak bu shunchaki o‘xshatish emas.
Ruslarga esa chegaralar tinch bo‘lishi, u yerdagi Mustaqil davlatlar tinch yashashi va gullab-yashnashi kerak. Yer sharining bir chetida joylashgan ushbu milliy hududlarga Rossiya asrlar davomida madaniyat olib kelgan va bugungi kunda faqat Rossiya ularning tinch rivojlanishidan manfaatdor.
G‘arbiy “hamkorlar” esa ushbu davlatlarni to‘la qonli davlat sifatida tan olmaydi. Ularni xaritada ko‘rsatishda qiynalishadi va nomini ham ayta olishmaydi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston yana bittasini nima edi – Turkmaniston. Butun dunyodan yopilib olgan. Amerikaliklar uchun ushbu respublikalar shunchaki frontir, mahalliy aholi bir birini o‘ldirib Amerika harbiy bazalari uchun joy ochadigan jang maydoni.
Afg‘onistonni tark etish arafasida amerikaliklar uchun Markaziy Osiyo hududida harbiy bazalar tashkil qilish mavzusi o‘ta dolzarb edi. Rossiya qo‘shnilari yaqinda AQSh harbiy bazalarini o‘z hududida joylashtiradi degan feyk xabarlar OAVga bir necha bor tashlandi.
Bu borada O‘zbekiston hozircha, AQSh harbiy bazalarini joylashtirishdan keskin voz kechib, mudofaani mustahkam ushlab turmoqda. Harbiylar xafa bo‘lsachi, u yerda ham kutilmaganda odamlar bir-birining boshini kesishni boshlasa-chi? O‘zbekiston hozircha KXShTga a’zo emas, Moskva yordamga kelishga ulgurmay qolishi mumkin.
Rossiyaga qo‘shni davlatlar elitalari allaqachon bir narsani tushunishlari kerak – dunyoda atigi uchta yirik suveren kuch bor. Ulardan ikkitasi – Rossiya va Xitoy – haqiqatdan ham tinchlik va barqarorlik bo‘lishidan manfaatdor. Uchinchisining – Amerikaning maqsadi esa – hammani bir-biriga qarshi urishtirish. Davlatlar Rossiyaga qanchalik yaqin joylashgan bo‘lsa – aynan o‘sha yerda urush bo‘lishi ehtimoli kuchli. Jang – so‘nggi tirik qolgan fuqarogacha olib boriladi. Va albatta ushbu harbiy aralashuv -“mahalliy aholining ting namoyishi” deb ataladi. Namoyishchilarning tish tirnog‘igacha qurollangani va harbiylar bilan oxirigacha jang qilishga tayyor ekani hech kimni qiziqtirmaydi. CNN hammasini ajoyib ko‘rinishda namoyish qiladi.
Moldaviya kabi davlatlar o‘zlarini hech qanday bloklarga qo‘shilmaslik maqomi bilan qutqarib qolishmoqchi bo‘lmoqda. Ular NATOga ham KXShTga ham a’zo emas. Ular hammasini to‘g‘ri bajarishmoqda: yerda mutlaq rusofobiya va “g‘arbiy” prezident. Lekin bir kun amerikaliklar Prednestrovye masalasini ularning hududida hal qilmoqchi bo‘lishsa, prezident Mayya Sandu nima qila oladi? Axir agar bir og‘iz qarshi gapirishga urinsa unga ham darhol shunaqa “Maydan” tashkil qilishadiki, prezidentga “sichqon ini ming tanga” bo‘lib qoladi.
Bu eski va axmoqona illyuziya — biz Oq uyning birinchi va a’lochi o‘quvchisi bo‘lamiz, ular aytgan hamma ishni to‘g‘ri bajaramiz va shunda baxtimiz chopadi, deb o‘ylash. – Bunday bo‘lmaydi. Misol kerak bo‘lsa Janubiy Koreyaga qarang. U yerda prezident – juda qaltis lavozim. Unga qotillik, o‘zini-o‘zi o‘ldiish, cheksi sudlar va “ulkan” qamoq jazolari xavf soladi.
Dunyoning eng texnologik rivojlangan shaharlaridan biri – Seulda, har dam olish kunida ravishda namoyishlar bo‘lib turadi. Ular har qanday sababga ko‘ra ko‘chaga chiqishga tayyor. Agar prezidentni hibsga olish kerak bo‘lsa – kerakli odamlar kerakli joylarga chiqishadi va bu amalga oshadi.
Janubiy Koreya - Vashingtonning eng yaxshi ko‘rgan “o‘quvchilaridan” biri. Dunyoning jng gullab-yashnayotgan davlatlaridan biri, “amerika orzusi” peshoynasi. Lekin bu yerda ham prezidentlarni qattiqqo‘lliq bilan almashtirib turishadi. Va har safar “kichik-Maydan” orqali.
Albatta Rossiyaning Rostov shahri aeroporti har doim ochiq. Amerikaliklar yo‘q qilgan davlatlar rahbarlarini u yerda har doim xushmuomalalik bilan kutib olishga tayyor. Mahalliy sanatoriylarda ular uchun joy ham, davolash dasturlari ham topiladi, lekin o‘z mamlakatini quvg‘inliqda emas joyidan turib boshqargan afzal emasmi? Kollektiv xavfsizlik shartnomasi himoyasida turib?
Sobiq Ittifoq davlatlarida shunday fikr ham borki, ularning rahbarlari o‘z xalqi haqida yaxshiroq g‘amxo‘rlik qilsa, iqtisodni ko‘tarsa – hech qanday maydan bo‘lmaydi. Ha albatta kambag‘allikka qarshi kurashish kerak, hech kim bunga qarshi emas. Ijtimoiy kam ta’minlangan aholini yaxshi parvrishlash, ularni “ijtimoiy lift”lar bilan ta’minlash kerak. Lekin bular ham davlatning tinchlik va xavfsizlik kafolati bo‘la olmaydi.
Ko‘z oldimizda gullab-yashnayotgan, dunyoning eng boy megapolislaridan biri - Honkong hayotinin namoyishlar to‘xtatib tashlagan edi. Transport to‘xtab qolgan, kichik biznes inqirozga uchragan, mehmonxonalar bo‘shab qolgan edi. Hammasiga sabab – propaganda ta’siriga tushib qolgan talabalarning oylar davomida namoyish uyushtirishi bo‘ldi.
Portlend – AQShning gullab-yashnayotgan shaharlaridan biri, 2020-yilda bir necha kun ichida jinoyatchilar makoniga aylandi. U yerda haqiqiy anarxiya hukm surdi. Shu o‘rinda kambag‘al shaharchalarda bunday bo‘lmaganini aytish joiz.
Bugun bandit va terrorchilardan tozalanayotgan Olma-ota Markaziy Osiyoning eng chiroyli va gullab-yashnayotgan shaharlaridan biri edi. Lekin, ko‘rib turganimizdek, ushbu fakt uni talon-taroj va tartibsizliklardan saqlab qola olmadi.
Jamiyatda tengsizlik, afsuski bugungi kun iqtisodining olg‘a surish kuchidir. Shu sababli uni Mumbaydan Chikagoga qadar va Rio-de-Janeyrodan Nur-Sultongacha kuzatish mumkin. Tengsizlik namoyishlar uchun bahona bo‘lishi mumkin, lekin asl sabab emas. O‘z fuqarolaringni boshidan oyog‘igacha oltinga ko‘msang ham, lekin davlatingda 22 mingta g‘arbiy NNTlar faoliyat yuritsa, (Qozog‘istonda aynan shuncha bo‘lgan), chet davlat tomonidan davlat to‘ntarilishi uyushtirish – bir kun albatta amalga oshadi.
Ayrim sobiq Ittifoq davlatlari, urush bilan yuzma-yuz kelganda uchinchi davlatlardan umid qiladi. Masalan, Ozarbayjon, “Buyuk Turon” loyihasidan umidvor. Lekin g‘oyaning bosh ilohomlantiriuvchisi bo‘lgan Erdo‘g‘on – doimiy emas. Turk lirasining qulashi – o‘z faqarolarining katta guruhini unga qarshi qilib qo‘ydi. Amerikalik elitalar esa – unga uzoq vaqtdan buyon “tahdid qilmoqda”. Yaqinda Foreign Affairs nashri “Erdo‘g‘on o‘yinlari tugadi” degan maqola chop etdi. Turk yetakchisi lavozimdan ketganidan so‘ng Ozarbayjon amerikaliklar sobiq Ittifoq respublikalari uchun tashkil qilgan xaos ichida bir o‘zi qolishi mumkin.
Amerika orzusi va 90-yillarga sig‘inishni bas qilish kerak, mastlik o‘tib ketdi. Bugun sobiq gegemon o‘z qulashini biroz kechiktirish maqsadida butun dunyoni tit-pit qilishga tayyor. Rossiyaga qo‘shni davlatlar esa - ayniqsa xavf ostida.
Biz ularga yordamga kelishga, ularni istilochilardan himoya qilishga tayyormiz. Lekin qo‘shnilardan ham qarshi qadamlar talab etiladi. U yerda ham rusiyzabon aholi o‘zini xotirjam his qilishi kerak, rus tili o‘zining yuqori mavqeyini saqlab qolishi kerak. Rus maktablarini ta’qiqlash, “til patrullari” uyushtirishni bas qilish, o‘zidan ketgan mahalliy millatchilarni joyiga solib qo‘yish kerak.
Faqat shunday holda tajovuzkor va ma’nosiz qoloq shovinizmga sho‘ng‘imasdan, sobiq avlodlarimiz birgalikda yaratgan takrorlanmas sivilizatsiyani asrab qolish mumkin. Aks holda ushbu ulkan me’rosni saqlab qolish imkoni yo‘q.
KXShT – olti davlat birgalikda ishlab chiqqan loyiha. Uning himoyasidan foydalanish uchun kollektivlik va javobgarlik talab etiladi.
“Ko‘p vektorlik” fokuslardan esa voz kechish kerak. Ular ish bermayapti. Bir umr ikki stulda o‘tirib bo‘lmaydi. Ustiga ustak ulardan bili o‘t ichida bo‘lsa. Rossiya – ishonchli hamkor, lekin qars ikki qo‘ldan chiqadi. Qo‘shni davlatlar ham biz bilan munosabatlarda ana shunday ishonch va javobgarlik namoyish qilishlari kerak.
Biror kor hol bo‘lsa, Rossiya albatta yordamga keladi, har doim shunday bo‘lgan. Biz – himoyachilarmiz.
Yangiliklar lentasi
0