Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi o‘zgaradi

© Minoboroni UzbekistanaVoyennoslujashie uzbekskoy armii
Voyennoslujashie uzbekskoy armii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi o‘zgarishi kutilmoqda. Vazirlik tegishli idoralararo qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, nomzod Saralash komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
tug‘ilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa-ma’lumotnoma.
Shuningdek, komissiya qo‘shimcha ravishda zarur hujjatlar va ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, "Elektron hukumat" tizimi platformasi orqali so‘rab oladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning yangi tartibi belgilandi
Saralash komissiyasi bayonnomasidan ko‘chirma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) nusxasi, narkologik, sil kasaliga qarshi kurash, teri-tanosil, psixonevrologik dispanserlar va OITSga qarshi kurash markazidan olingan ma’lumotnoma, so‘nggi besh yil ichidagi ambulator bemorning tibbiy kartasidan ko‘chirma, majburiy diagnostika tadqiqotlarining natijalari bilan birga, degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
“Shaxsini tasdiqlovchi hujjatini” degan so‘zlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0