Migratsiya

Migrantlar orasida jinoyatchilik: Bastrikin muammoni hal qilish boʻyicha takliflarni berdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka oʻtishNelegalnыe migrantы
Nelegalnыe migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari migrantlar orasida jinoyatchilik muammoni hal qilish boʻyicha takliflarni berdi.
TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik.Migrantlar orasida jinoyatchilikning oʻsib borishi muammosi yangicha yondashuvni talab qiladi, buning uchun “migratsiya jarayonlarini takomillashtirish” zarur, dedi Rossiya Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin RIA Novostiga bergan intervyuda.
"Mehnat migrantlari orasida jinoyatchilik ortib borishi muammosi ham yangicha yondashuvni talab qiladi. Asosan ular Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan yoshlar boʻlib, koʻp holatlarda “verbovka” obʼyektiga aylanib qolishadi", - dedi Bastrikin.
Misol tariqasida u oʻtgan yilning mart oyida Maykopda savdo markazini portlatishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha FXX xodimlari tomonidan qoʻlga olingan kelib chiqishi markaziy osiyolik boʻlgan fuqaroni eslatdi. Qoʻlga olingan shaxsda qoʻlbola bombaning tarkibiy qismlari, bomba tayyorlash boʻyicha qoʻllanmalar, “Islom davlati”*ning ramzlari, shuningdek, qalbaki migratsiya hujjatlari topildi.
Tergov qoʻmitasi rahbari ekstremizmga qarshi kurashish uchun migratsiya sohasidagi qonunlarni tizimlashtirish, avtomatlashtirish darajasini oshirish va ish beruvchilar bilan aloqa oʻrnatishni taklif qildi.
Shuningdek, migrantlar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy jarayonlarga oʻz vaqtida munosabat bildirish maqsadida “migrantlar haqida maʼlumot olish choralarini koʻrish kerak”, deb hisoblaydi u.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0