Jamiyat

Oʻzbek-qozoq chegarasida "omikron" tufayli cheklovlar joriy etiladi

© © SputnikPogranichnыy punkt, arxivnoye foto
Pogranichnыy punkt, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2022
Oʻzbekiston-Qozogʻiston chegarasida “omikron” shtammi tufayli cheklovlar joriy etiladi.
TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Koronavirusning “omikron” shtammi tarqalishi tufayli 15 yanvardan boshlab ikki davlat fuqarolari uchun Oʻzbekiston-Qozogʻiston chegarasini kesib oʻtishda cheklovlar joriy etiladi, deb xabar qildi RIA Novosti Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asosan.
“2022 yil 15 yanvardan ikki davlat fuqarolarining Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasini kesib oʻtishi vaqtinchalik toʻxtatiladi”, - deyilgan xabarda.
Bu choralar “omikron” shtammi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etiladi.
Bu cheklovlar aviaparvozlar bilan keladigan, oʻz vataniga qaytayotgan fuqarolar, u yerda doimiy yashovchi, oʻqish yoki davolanish uchun ketayotgan ikki davlat fuqarolariga, xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi haydovchilarga, shuningdek, rasmiy delegatsiyalar tarkibidagi shaxslar va diplomatlarga taalluqli emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala