Kolumnistlar

Rossiya – NATO kengashi: oʻzaro yon berish yoki urush sari yoʻl?

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishSovet Rossiya - NATO v Bryussele
Sovet Rossiya - NATO v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2022
Rossiyaning NATO bilan muzokaralari “hamkorlarning” amalda kelishishga qobiliyati yoʻqligini koʻrsatdi. Ravshanki, Gʻarbda Rossiya oʻz fuqarolari xavfsizligini taʼminlashda naqadar jiddiyligini toʻliq anglashmagan.
Sharqiy Yevropada NATOning yanada kengayishi, Amerika qoʻshinlari va qurollari boʻlmasligi (jumladan, raketaga qarshi mudofaa obʼyektlari), Pentagon mashgʻulotlar oʻtkazmasligi shart va zarur – bu Moskvaning Qoʻshma Shtatlar va ularning gibrid “vositalari” (NATO va YEHHT) bilan harbiy-siyosiy muloqotdagi asosiy talabi. Rossiya va AQSH oʻrtasidagi Rossiyaning xavfsizli kafolatlari toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasi ikir-chikirigacha ishlab chiqilgan boʻlib koʻrinadi. Qayd etish joizki, bu undan oʻziga maʼqul narsalarni tanlab olish mumkin boʻlgan “restoran menyusi” emas. Rossiya shunga oʻxshash majburiyat va kafolatlarni oʻz zimmasiga olishga tayyor.
Ammo, aftidan, amerikalar tayyor emaslar. Oq uyning 10 yanvardagi byulleteni “AQSH oʻz joyidan siljimasligi sohalarini” aks ettirgan, yaʼni “Yevropasiz Yevropa haqida hech nima deyilmaydi” va oldinga siljish faqat “keskinlik boʻlmagan” sharoitlarda boʻlishi mumkin. Vashington Moskvaning NATOni “1977 yil chegarasigacha” qisqartirish talabini qatʼiyan rad etdi. AQSH davlat kotibi oʻrinbosari Vendi Sherman qurollanish nazorati kabi bundan qiyin masalalar uzoq davom etadigan muzokaralarni talab qiladi.
“Iblisona” rejalar: AQSH va NATO qardosh xalqlar orasida urush chiqarmoqchi
Moʻljalni harbiy jihatdan toʻlaligicha Vashingtonga tobe boʻlgan yevropalik ittifoqdoshlar va Ukrainaga qaratish Qoʻshma Shtatlarning taktik manyovri boʻlib koʻrinadi. Maqsad – qaror va javobgarliklardan boʻyin tovlash.
Koʻrinib turibdiki, amerikaliklar Ukrainaga qoʻshimcha qurol yetkazib berish va NATO qoʻshinlarini qaytadan joylashtirish uchun zarur boʻlgan vaqtni shunchaki choʻzishmoqda. Eslataman, Vashingtonning 2014 – 2021 yillarda Kiyev rejimiga koʻrsatgan harbiy yordami 2 milliard dollardan oshgan, 2022 yilda yana 300 million dollar kutilmoqda.
Rossiyaga 12 yanvar kuni NATO va 13 yanvar kuni YEXHT bilan oldindan natijasi yoʻqligi maʼlum (amerikaliklar bilan dushanba kuni boʻlib oʻtgan muzokaralarni inobatga olib) uchrashuvning nima keragi bor? AQSH va NATOning Rossiya bilan konstruktiv hamkorlik qilish va oʻzaro xavfsizlik kafolati tizimini yaratishdan bosh tortishi bu voqealarning keyingi rivojlanishining javobgarligi (harbiy keskinlik) faqat Gʻarb zimmasida boʻladi.
Begonalarga joy yoʻq: AQSH SSSR qayta tiklanishini payqab qoldi

Ukraina fronti

Salbiy stsenariy vaziyatida NATOning Rossiya bilan jangovar harakatlarining oldingi saflarida Sharqiy Yevropaning koʻplab mamlakatlari boʻladi, lekin zarba berish pozitsiyalariga ega bazoviy, jumladan, Boltiq mamlakatlari, Polsha, Ruminiya koʻproq jabr koʻradi. Albatta, milliy xavfsizlik uchun alyans bilan destruktiv hamkorlikka integratsiya qilingan Ukraina va Moldova chetda qoladi.
Ilgari Moskva oʻzini qatʼiy pozitsiyasini belgilagandi – Ukrainaning NATO bilan hamkorligini yigʻishtirish, Kiyevning bu blokda aʼzolikka qarab qoʻyayotgan harakatlarini toʻxtatish kerak. “Ochiq eshiklar” siyosatini yopmoq zarur – global xavfsizlik uchun. Dnepr - AQSH va NATO qoʻshinlari uchun qiziq chiziq.
Ammo Vashington Ukraina yoki boshqa mamlakatlarning NATOga qoʻshishiliga toʻsqinlik qilmoqchi emas. Amerikalik harbiy xizmatchilar Ukraina hududida Harbiy-dengiz kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaalarni mustahkamlash, Ukraina qurolli kuchlari mutaxassislarini oʻqitishda davom etishmoqda, muntazam qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazishmoqda. Boz ustiga AQSH bunga oʻxshash mashgʻulotlarni kamaytirishga tayyor – oʻzaro kelishgan holda, goʻyoki Rossiya qoʻshinlari Kanada va Meksikada mashgʻulotlar oʻtkazmoqda.
Hamkorlik algoritmlarini tushunish uchun. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov 12 yanvar kuni Amerika tomonini “oʻzining harbiy salohiyatini Rossiya chegaralaridan ortga tortishga”, masʼuliyat koʻrsatib, bir tomonlama boʻla olmaydigan global xavfsizlikni taʼminlashga chaqirdi.
Biroz avvalroq AQSH davlat kotibining siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Viktoriya Nuland Finlyandiya va Shvetsiyaga NATOga kirishni (yaʼni Rosssiya Bosh shtabi xaritasida yangi nishon boʻlishni taklif qildi) taklif qildi. Moskva 30 yildirki Yevropa va dunyodagi harbiy keskinlikni kamaytirishga intilib kelmoqda: oʻz tashabbusi bilan va Gʻarb bilan doʻstlik uchun Germaniya birlashishiga imkon berdi, Varshava shartnomasi mamlakatlaridan qoʻshin guruhlarini olib chiqdi hamda NATOga qarshi tuzilgan bu harbiy blokni (1991 yilda) tarqatib yuborish tashabbusini bildirdi. Keyin Rossiya Vyetnam va Kubadagi harbiy bazalarini yopdi.
NATO “rus geosiyosiy ekspansiyasiga” qarshi yonma-yon turmoqda
Doʻstlik va yaxshi qoʻshnilik esa boʻlmaji. Vashington 30 yildan buyon Shimoliy Antantika alyansini sharqqa siljishga va postsovet hududi, jumladan, Ukrainani oʻzlashtirishga oʻylamay turtkilamoqda. 2014 yilda Kiyevda amerikaparast davlat toʻntarilishidan keyin NATO “sharqiy qanotda” zudlik bilan munosabat bildiradigan kuchlar sonini uch baravarga oshirdi (40 ming jangchigacha).
10 yanvar kuni AQShning NATO huzuridagi doimiy vakili Julianna Smit dediki: “Rossiya, aslida, soʻnggi yigirma yil ichida Yevropa xavfsizligining asosiy tahdidi boʻlgan”. Sergey Shoygu idorasidan “sanitarlarni” chaqirish fursati yetmadimi?
Har ehtimolga qarshi Rossiyaning gʻarbiy haryuiy okrugi qoʻshinlari 11 yanvar kuni Voronej, Belgorod, Bryansk va Smolensk poligonlarida jangovar shaylikka kirishishdi.
AQSH Davlat departamenti tushuntirish talab qildi. Rossiya mamlakat ichida qayerga qoʻshin joylashtirish va mashgʻulot oʻtkazishni oʻzi hal qilishini aytdi.
Putin Ukrainada NATOning raketa tizimlari paydo boʻlsa nima boʻlishini aytdi

Ishontirish va majburlash

Milliy xavfsizlik – ustuvor vazifa. Rossiya qurolli kuchlari tez orada Su-57 yangi qiruvchilari, “Yars”, “Avangard” va “Sarmat”lar, Tu-160M strategik raketa tashuvchi, “Borey-A” atom suvosti kemasi loyihasi, mingdan ziyod zamonaviy zirhli tank va artilleriya qurollarini oladi. Qolaversa, “Triumf” S-400 zenit-raketa tizimlari, suvosti qayiqlari va suvusti kemalariga ega boʻladi.
Yuqori texnologiyali yadroviy davlat “hamkorlarini” ortda qoldirmoqda va 2022 yilda birdaniga beshta “Sarmat” qitʼalararo ballistik raketalar va bitta “Avangard” raketa majmuasini ishga tushirishni niyat qilgan.
AQSH va Rossiyaning yadroviy urushda gʻolib chiqishning imkoni yoʻqligini va u hech qachon olib borilmasligi kerakligida bir qarorga kelgani umid bagʻishlaydi. Ammo Rossiya – NATOning keng koʻlamli harbiy mojarosi vaziyatida oddiy qurollarni qoʻllab ham koʻp narsalar roʻy berishi mumkin. Bir paytning oʻzida Yevropa va Shimoliy Amerikada.
AQShning 4 ming harbiy instruktori Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda - Rossiya TIV
Voqealar kelajakda qanday tus olishiga qaramasdan, Davlat departamenti va NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning: “Rossiya bilan hech qanday oʻzaro murosaga kelish mumkin emas” ruhidagi aylov ritorikasi bayonotlari sayyorada tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv muzokaralarga koʻmaklashmaydi. 2021 yil avgustida AQSH va NATOning Afgʻonistondan “murosasiz” juftakni rostlab qolganini yodga olamiz.
Rossiya bilan alyans kengayishi uchun urush qilishga amerikaliklar texnoligiya jihatdan tayyor emaslar. Agar 10-13 yanvar kunlari AQSH, NATO va YEXHT bilan muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qolsa, Rossiyaning harbiy-texnik imkoniyatlari “hamkorlarni” Moskavning takliflariga quloq osishga majbur qiladi. Ular XXI asrda bir necha bor qatʼiy harakat qilishini qobiliyati isbotlagan. Rossiyaga qarshi sanktsiyalar Gʻarbga yordam bermaydi.
Kollektiv tahdid: Rossiyaga qoʻshni davlatlar Gʻarb zarbasi ostida
Rossiya milliy xavfsizligini himoya qilish uchun bir tomonlama harbiy choralar koʻrish huquqini oʻzida qoldiradi. Shu bois AQSH va NATO maqsadga muvofiq ravishda, Anatoliy Antonov aytganidek, “eng qisqa fursat ichida” xavfsizlikka oid Rossiya takliflarini tushunishlari va qabul qilishlari zarur. NATO va Rossiya oʻrtasida jiddiy qarama-qarshilik mavjud, shunga qaramasdan ular 12 yanvardagi uchrashuv yakunlariga koʻra Moskva va Bryusseldagi oʻz missiyalarini qayta tiklashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala