UzAirways 15-yanvardan Qozog‘iston shaharlariga parvozlarni qayta tiklaydi

© SputnikV Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy perviy pramoy reys iz SShA
V Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy perviy pramoy reys iz SShA  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airways Olmaota, Aktobe, Oqtov shaharlariga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida e’lon berdi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. 2022-yil 15-yanvardan boshlab, Uzbekistan Airways Toshkent-Olmaota-Toshkent, Samarqand-Olmaota-Samarqand, Nukus-Aktobe-Nukus, Urganch-Oqtov-Urganch, Nukus-Oqtov-Nukus, Urganch-Oqtov-Urganch, Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, 8-yanvardan 13-yanvargacha rejalashtirilgan HY761/762/763/764 Toshkent-Olmaota-Toshkent, HY767/768 Samarqand-Olmaota-Samarqand, HY9729/9730 Nukus-Aktobe-Nukus, HY9725/9726 Urganch-Oqtov-Urganch, HY9727/9728 Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlari yetib boradigan aeroportlarning texnik sabablariga ko‘ra bekor qilingandi.

Qozog‘istonga kirishning yangi qoidalari

15 yanvardan boshlab xorijiy davlatlardan keladigan barcha yo‘lovchilar, shu jumladan emlanganlar ham COVID-19 testi manfiy bo‘lgan ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim. Ma’lumotnoma ingliz, rus yoki qozoq tillarida bo‘lishi kerak. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bu hujjat kerak emas.
PSR-ma’lumotnoma bo‘lmagan yo‘lovchilar uchish aeroportidan bortga qo‘yilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0