Infografika

Oʻzbekiston mudofaa doktrinasining 10ta muhim tamoyili

Oʻzbekiston nima uchun hech qachon NATOga qoʻshilmaydi? Oʻzbekiston mudofaa doktrinasining eng muhim tamoyillari nimadan iborat? Infografikamizda tanishing.
Oʻzbekiston oʻz oʻz milliy xavfsizligini qanday taʼminlash maqsadida 1995 yilda qabul qilingan Harbiy doktrina oʻrniga 2018 yilda Mudofaa doktrinasini qabul qilgan edi.
Ushbu muhim qonuniy hujjatda Oʻzbekiston tashqi siyosatining muhim tamoyillari belgilab qoʻyilgan. Xususan:
boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, harbiy tajovuzning oldini olish va uni daf etish hollari bundan mustasno;
Qurolli kuchlarning xorijdagi tinchlik oʻrnatish bilan bogʻliq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi;
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish;
oʻz xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yoʻl qoʻyilmasligi;
harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik;
yadroviy va boshqa ommaviy qirgʻin qurolini ishlab chiqarish, olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish;
mudofaaning yetarli darajada boʻlishi;
oʻz hududida chet el harbiy bazalari va obʼyektlarining joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar xususiyatiga monand boʻlishi;
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi shartnoma printsiplariga sodiqlik;
Batafsil infografikamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala