Jamiyat

SamDUga Sharof Rashidov nomi berildi

© Sayt SamGuSamarkandskiy Gosudarstvennыy universitet
Samarkandskiy Gosudarstvennыy universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2022
SamDUni jiddiy oʻzgarishlar kutmoqda: universitet qoshida yangi institutlar hamda Urgut filiali tashkil qilinadi.
TOSHKENT, 14 yanv - Sputnik. Samarqand Davlat Universitetiga Sharof Rashidov nomi berildi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidentning 5847-sonli qarorida aytib oʻtilgan.
Qarorda, shuningdek SamDU transformatsiya qilinishi va 2026 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000talikka kiritish vazifasi ham qoʻyilgan. Buning uchun maxsus ofis tashkil qilinadi, - deyilgan hujjatda.
Shuningdek, Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etildi:
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti: agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlaydi;
Muhandislik fizikasi instituti - muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi ;
Urgut filiali - pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlaydi.
Eslatib oʻtamiz, ilk bor SamDUga Sharof Rashidov nomi berish haqidagi tashabbusni prezident 2021 yilning sentyabr oyida ushbu oliygohga tashrifi vaqtida bildirgan edi.
Shavkat Mirziyoyev SamDUga Sharof Rashidov nomini berishni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala