O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazib, qancha pul ishlab olishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna bo‘lish
1 yanvardan boshlab xarid chekini mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yil 14-yanvar holatiga ko‘ra, 401 ming 604 ta xarid cheklari keshbek uchun “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami keshbek summasi 5 milliard so‘mdan ziyodni tashkil etgan. Mobil ilovada 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Iste’molchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida quyidagi talablar o‘rnatilmoqda.
Xususan, QR-kodli chek birinchi marta “Soliq” mobil ilovasida skanerlanganda iste’molchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan ma’lumotlar bazasida avtomatik ro‘yxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali ro‘yxatga olinganini ko‘rsatuvchi eslatma paydo bo‘ladi.
Har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni ro‘yxatga olish tartibi joriy etilmoqda. 6-chek ro‘yxatdan o‘tkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugaganligi to‘g‘risida eslatma paydo bo‘ladi.
O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xarid qilib, xarid chekini mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.

“Soliq” mobil ilovasini qanday yuklab olish mumkin

Xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun telefonda “Soliq” mobil ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Ilovani “Play Market” (Android) yoki “App Store” (iOS) orqali yuklab olish mumkin. Ilovaning “Umumiy xizmatlar” bo‘limida "Keshbek" tugmasini bosib, shtrix kodli (QR-kod) xarid chekini telefon kamerasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. "Keshbek" bo‘limida shtrix kod rasmi ko‘rsatilgan tugmani bosish kerak. Shundan so‘ng kamera xarid cheki shtrix kodiga yo‘naltirilsa, u avtomatik tarzda shtrix kodni o‘qiydi.
Ilovaning "Mening cheklarim" bo‘limida skaner qilingan cheklar ro‘yxati shakllanadi. Xarid cheklaridan tushgan keshbek yig‘ilib boradi va "Umumiy keshbek summasi" bo‘limida ko‘rinadi. Oy boshida o‘tgan oyda yig‘ilgan keshbek mablag‘lari to‘liq ko‘rinadi.
"Tushumlar tarixi" bo‘limida xarid chekini skaner qilish orqali yig‘ilgan keshbeklar tarixini ko‘rish mumkin. Yig‘ilgan mablag‘larni "Kartaga pul o‘tkazish" bo‘limida bank kartasiga o‘tkazib olish imkoniyati bor.
Ba’zi cheklar ilovadan ro‘yxatdan o‘tmaydi. Chunki, ayrim tadbirkorlar taqdim etadigan xarid cheklari Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan talablarga mos kelmaydi. Masalan, ba’zi hollarda xarid chekida "Fiskal belgi" va shtrix kod bo‘lishiga qaramay, uni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida ilova "Chekdagi mahsulot kodi (MXIK) xato" deb ko‘rsatadi. Mahsulot kodida xatolik aniqlangan tadbirkorlik subyekti haqidagi to‘liq ma’lumotlarni soliq organlariga yetkazish kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0