Iqtisod

Sherzod Kudbiyev migrantlar uchun daromad soligʻi haqidagi gaplarga fikr bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSherzod Kudbiyev
Sherzod Kudbiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Davlat soliq qoʻmitasi rahbari migrantlarni soliqqa tortishga qatʼiyan qarshiligini aytdi.
TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Davlat soliq qoʻmitasi (DSQ) rahbari Sherzod Kudbiyev mehnat migrantlari uchun daromad soligʻi joriy etish qanchalik maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi savolga javob berdi.

Men bunga qatʼiyan qarshiman. Mehnat vazirligining sobiq rahbari sifatida men ular (migrantlar – Sputnik) mamlakat iqtisodiyotiga qanday yordam koʻrsatishayotganini yaxshi bilaman.

Glava Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy Sherzod Kudbiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Sherzod Kudbiyev
Davlat soliq qoʻmitasi rahbari
Kudbiyev migrantlarga oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishni taklif qildi. Agar mehnat staji yozilishi va pensiya olishni istashsa, bir yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarida toʻlovni amalga oshirishlari kifoya.
Oʻzbekiston migrantlarining pul joʻnatmalari yanada koʻpaydi
2021 yil oktyabrida Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod, "Milliy tiklanish" partiyasi raisi Alisher Qodirov chet elda ishlayotgan vatandoshlar uchun daromad soligʻini joriy etishni taklif qilgan edi.
"Mamlakatning taraqqiyoti uchun soliqlarning oʻrni juda muhim. Nima uchun bizda migrantlar xorijda ishlab topgan daromadidan soliq toʻlamasligi kerak? Oʻzbekistonning taraqqiyoti uchun, kelinglar, soliq toʻlaylik", — degandi Qodirov.
Oʻshanda prezidentlikka nomzod boʻlgan Shavkat Mirziyoyev, u rahbar boʻlsa, migrantlar hech qachon soliqqa tortilmasligini aytgandi. Aksincha, ularga Oʻzbekistonda sharoit yaratib berishga harakat qilish kerak.
DSQ Alisher Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifi boʻyicha javob berdi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida uzoq vaqtdan beri ikki tomonlama soliqqa tortishni istisno qilish toʻgʻrisidagi bir qancha shartnomalar amal qilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatlar chet elga chiqayotgan fuqarolar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish maqsadida bu sohada hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Masalan, migrantlar ishga joylashish xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya miqdori koʻpaytiriladi.
Yangiliklar lentasi
0