Hodisalar

Fargʻonada uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikkisi harbiylar

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovRuka cheloveka
Ruka cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Istiqlol mahallasida yashovchi ikki kishi va shu xonadonga mehmonga kelgan bir kishi is gazidan vafot etgan.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Fargʻona shahrida uch kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu shahar hokimining mazkur baxtsiz hodisani tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarorida aytilgan.
Maʼlum qilinishicha, 14 yanvar kuni soat 13:00 larda shaharning Istiqlol mahallasida yashovchi ikki kishi va shu xonadonga mehmonga kelgan bir nafar fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazi Fargʻona filialiga olib borilgan. Tez tibbiy yordam koʻrsatilganiga qaramasdan, ular shifoxonada vafot etgan.
Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasida fuqarolar is gazidan zaharlangan deb gumon qilinmoqda. Baxtsiz hodisa sabablarini maxsus ishchi guruh oʻrganmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, is gazidan vafot etganlarning ikki nafari harbiy xizmatchilar.
Fargʻona harbiy prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0