Iqtisod

“Malika” savdo majmuasi, “Poytaxt” biznes markazi va “Beldirsoy” oromgohi sotildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGornolыjnыy kompleks "Beldersay Oromgoxi"
Gornolыjnыy kompleks Beldersay Oromgoxi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Malika" savdo majmuasi 125 mlrd soʻmga, "Poytaxt" biznes markazi 164 mlrd soʻmga, "Beldirsoy" oromgohi kanat yoʻli bilan birga 107 mlrd soʻmga sotildi.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. "Poytaxt" biznes majmuasi, "Malika" savdo majmuasi va "Beldirsoy” oromgohi xususiylashtirish doirasida sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Poytaxt" biznes majmuasini “Quadro IH DMCC” xarid qilgan BAA kompaniyasi u uchun 164 milliard soʻm toʻlashi va taʼmirlash-tiklash ishlari uchun kamida 6 million dollar sarmoya kiritishi kerak.
125 milliard soʻmtaklif qilgan “Premium Prime Service” MCHJ "Malika"ga ega chiqqan. Bundan tashqari, yangi xoʻjayinlar taʼmirlash-tiklash ishlariga 100 milliard soʻm sarmoya kiritishadi va 250 ta yangi ish oʻrinlari yaratishadi.
Yirik davlat aktivlari savdoga chiqarildi
"Ulkan Mulk" MCHJ esa 107 milliard soʻmga “Beldirsoy” dam olish maskanini (kanat yoʻli bilan birga) sotib olgan. Boshqa shartlar "Chorvoq" turistik zonasi direktsiya bilan kelishiladi.
Xaridorlarga daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilish majburiyati yuklatilgan.
Bundan tashqari, "No'kis vinozavodi" AJning 51% ulushi "Qarataw sawda bazasi" MCHJga 17,5 mlrd soʻm xarid qiymati hamda 3,4 mln dolla investitsiya kiritish sharti bilan sotilgan.
Yangiliklar lentasi
0