National Geographic jurnalida Samarqandning “qadimiy mo‘’jizalari” haqida maqola chop etildi

Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna bo‘lish
Shahar tarixi bilan qiziqqan har bir sayyoh ko‘rishi kerak bo‘lgan joylar haqida maqolada o‘qing.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. National Geographic jurnalida “Ipak yo‘li shahrining qadimiy mo‘’jizalari ortidagi bahslar” mavzusida maqola chop etildi. Maqolada Samarqandning diqqatga sazovor joylari haqida hikoya qilingan.
Maqolada yozilishicha, moviy gumbazlar va nur taratuvchi Bibi Xonim masjidi shaharga tashrif buyurgan va uning tarixi bilan qiziqqan har bir sayohatchi ko‘rishi kerak bo‘lgan joylardan sanaladi.
Ammo barcha madaniy obyektlar ham asl holida saqlanib qolmagan, deya yozadi jurnal. Ularni qayta tiklash masalasi tashrif buyuruvchilar, mahalliy aholi, olimlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.
Samarqand O‘zbekistonning "turizm darvozasiga" aylantiriladi
Ba’zilar ushbu obyektlarni himoya qilish va turizmdan muhim daromad olish uchun ta’mirlash zarur desa, boshqalar esa ehtiyotsiz qilingan restavratsiya bilan asl binolarga zarar yetkazishi va buning ortidan saqlashga noloyiq mahallalarning buzilishiga olib kelishi mumkin deya e’tiroz bildirishmoqda.
National Geographic jurnali restavratsiyasiz O‘zbekiston tarixi abadiy yo‘qolib ketishi mumkin edi degan fikrni bildirgan. Madaniy yodgorliklarni restavratsiya qilish kerak va bu bilan hukumat shug‘ullanmoqda.
Respublika hukumati diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish va asrab-avaylash masalalarida YuNESKO bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekiston 2022-yilda turizm bo‘yicha eng yaxshi TOP-10taligidan joy olgan edi. Mutaxassislar sayohatchilarga tashrif buyurishni tavsiya qilgan joylar qatorida Samarqand ham bor.
Sayohatchilarga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga ham tashrif buyurish tavsiya etilgan.
Minecraftda Registon maydonining nusxasi yaratildi - video
Avvalroq, O‘zbekiston Yangi yilni nishonlashga arziydigan dunyoning kuchli besh davlati qatoridan joy olgan edi. Respublika reytingda Fransiya, Germaniya va Shveysariyani ortda qoldirgan.
2021 yil oxirida The Times gazetasi O‘zbekistonni “eng hayratlanarli dam olish maskanlaridan biri” deb atagandi.
Country and Town nashri, o‘z navbatida, respublikada chang‘i sportida hordiq chiqarish haqida maqola chop etgan. Maqolada aytilishicha, “Amirsoy” kurortining “Sochini ortda qoldirishi” uchun barcha imkoniyatlari bor.
2021 yil noyabr oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga 1 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan. Ularning yarmi sayyohlar. Aksariyati rossiyaliklardir.
Yangiliklar lentasi
0