TIV Qozogʻistonda Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingani haqidagi xabarni rad etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TIV Qozogʻistonda tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilingan oʻzbekistonlik qoʻlga olingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Kuni kecha Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi “Jibek yoʻli” nazorat-oʻtkazish punktida Oʻzbekiston Respublikasiga ketmoqchi boʻlgan vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi 1993 yilda tugʻilgan YE. qoʻlga olingani haqida xabar bergandi.
Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston TIV rasmiy vakili bayonot berdi.
“Yaqinda qator ommaviy axborot vositalarida Qozogʻistonda sodir boʻlgan tartibsizliklarda ishtirok etishda gumon qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2022 yil 17 yanvar kuni Turkiston viloyati (Qozogʻiston Respublikasi) "Jibek joli" oʻtish punktida qoʻlga olinganligi haqida yangiliklar eʼlon qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozogʻiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qoʻmitasi matbuot xizmatidan olingan maʼlumotga koʻra, qoʻlga olingan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi emas.
Mazkur holat yuzasidan tegishli axborot Qozogʻiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qoʻmitasining veb-saytida joylashtirilgan”, - deb yozgan TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov.
Yangiliklar lentasi
0