Tojikiston Messisi: Alisher Jalilov O‘zbekiston klubiga o‘tdi

© Foto: FK "Istiklol" Kapitan dushanbinskogo "Istiklola" Alisher Djalilov pereshel v komandu AGMK
Kapitan dushanbinskogo Istiklola Alisher Djalilov pereshel v komandu AGMK - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna bo‘lish
Alisher Jalilov faoliyatini O‘zbekiston chempionatida davom ettiradi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Dushanbening “Istiqlol” klubi va Tojikiston terma jamoasi sardori, respublikaning eng umidli yosh futbolchisi deb topilgan Alisher Jalilov faoliyatini O‘zbekiston chempionatida davom ettiradi.
Jalilov OKMK bilan shartnoma imzoladi va hozir O‘zbekiston Oliy ligasida to‘p surmoqda, deb xabar berdi “Istiqlol” FK matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, futbolchi 2021-yilgi O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi Olmaliqning OKMK futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Shartnoma narxi ochiqlanmadi.
Alisher Jalilov 1993-yil 29-avgust kuni Dushanbe shahrida tug‘ilgan, to‘p surishni “Olmosi” yoshlar klubida boshlagan. Keyinchalik, 2004-yilda oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib o‘tdi va u yerda "Lokomotiv" yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘ldi.
2009 yilda futbolchi Qozon Rubinining yoshlar jamoasiga o‘tdi va 2011-yil iyul oyida u jamoaning asosiy tarkibiga kiritildi.
Oradan bir yil o‘tib Jalilov Nijnekamskdan ijara asosida "Nefteximik"ga o‘tdi. 2012-yil natijalariga ko‘ra, Rossiya futbol milliy ligasi uni eng yaxshi yosh futbolchi deb e’tirof etdi.
2014 yilning yozida sportchi Rubinga qaytib keldi va 2017/2018 yilgi mavsumni esa Kaliningradning “Baltika” klubida o‘tkazdi.
2019 yil boshidan buyon Jalilov “Istiqlol”ga keldi va shu vaqt ichida jamoa bilan 3-marta mamlakat chempionligi va Respublika Superkubogi hamda Tojikiston kubogi sohibi bo‘ldi.
Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida “Istiqlol” jamoasining birinchi shunday turnirdagi umumiy muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi.
2019 va 2021-yilgi futbol mavsumlari yakunlariga ko‘ra, sportchi Tojikistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Avvalroq Germaniyaning mashhur Transfermarkt.de sport portali turli mamlakatlar futbolchilari va jamoalarining taxminiy narxini e’lon qildi, unga ko‘ra Jalilov 600 ming yevroga baholangan. Bu Tojikiston chempionatidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0