Jamiyat

“Oʻzbektelekom”: aholi maskanlarining 95 foizi mobil internet bilan qamrab olindi

© Pixabay / Jan Vašek Mobilnыy telefon, illyustrativnoye foto
Mobilnыy telefon, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Oʻzbektelekom" kompaniyasi direktori oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, oʻtgan yili xalqaro internet tarmogʻiga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik imkoniyati 1 800 Gbit/s ga yetkazilgan.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Bugungi kunga kelib 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan. Bu haqda "Oʻzbektelekom" kompaniyasi direktori oʻrinbosari Alisher Zufarov AOKAdagi brifingda maʼlum qildi.
Uning qayd etishicha, mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish maqsadida 2021 yilda 902 ta qoʻshimcha baza stantsiyalari oʻrnatilib, ularning umumiy soni 19 233 taga yetkazilgan.
“Bugungi kunga kelib 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy xoʻjaliklariga yuqori tezlikdagi simli internetga ulanish imkoni yaratilgan”, - dedi "Oʻzbektelekom" kompaniyasi direktori oʻrinbosari.
Zufarov oʻtgan yili xalqaro internet tarmogʻiga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik imkoniyati 1 800 Gbit/s ga yetkazilganini maʼlum qildi. Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif 42,9 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 30 ming soʻmni tashkil etgan.
Hududlardamobil aloqani rivojlantirish maqsadida 2021 yilda respublika boʻylab 234 ta obʼyektda 717 ta baza stantsiya qurilmalari oʻrnatilgan.
Koʻp kvartirali uylar kamida 1 Gbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan internetga ulanadi
Respublika hududidaga barcha ijtimoiy obʼyektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida mahalla fuqarolar yigʻinlarining 80 foizi, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalarining yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyati 100 foizga chiqarilgan.

Mavzuga oid:

Internet tezligi oshadi va qamrovi kengayadi - vazirlik
Internet tezligi: Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida nechanchi oʻrinda?
Yangiliklar lentasi
0