Qozogʻistonga “gibrid terrorchilik hujumi” uyushtirildi – Rossiya TIV

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishZamestitel ministra inostrannыx del RF Oleg Sыromolotov
Zamestitel ministra inostrannыx del RF Oleg Sыromolotov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Terrorchilar ijtimoiy-iqtisodiy xarakterli tinch namoyishlardan oʻz maqsadlarida foydalanib qolmoqchi boʻlishgan - diplomat.
TOSHKENT, 19 yanv – Sputnik. Qozogʻistonda tartibsizliklar uyushtirgan jangarilarning asl maqsadi – hokimiyatni kuch bilan egallab olish niyati boʻlgan, dedi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Oleg Sыromolotov.
Diplomat aytishiga koʻra, “hukumatni egallab olish istagida boʻlgan kuchlar, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega boʻlgan tinch namoyishlardan oʻz maqsadlarida foydalanib qolishni istagan”.
Undan tashqari, huquqni saqlash organlari maʼlumotlariga koʻra, tartibsizliklarni boshlaganlar orasida chet ellarda va “qaynoq nuqtalarda” tajriba orttirgan chet el fuqarolari va hatto jangarilar ham boʻlgan.
“Gap xorijda jidldiy tayyorgarlikdan oʻtgan xalqaro terrorchi banditlar guruhlari haqida ketmoqda”, - dedi diplomat. – Banditlar tomonidan gibrid terrorchilik hujumi amalga oshirilgani aniq. Ularning yakuniy maqsadi davlat toʻntarishi boʻlgan”.
KXSHT xalaqro terrorchilarga nisbatan oʻzining samaradorligini namoyish qildi.Kelajakda ushbu operatsiya tajribasi tahlili qilinadi, dedi diplomat.
“Qozogʻistonlik hamkorlar va KXSHT boʻyicha ittifoqchilar bilan hamkorlikda ushbu tinchlikparvar operatsiyaning muvaffaqiyatli tajribasi tahlil qilinadi, jumladan KXSHT javobgarlik hududida shunga oʻxshash “syujetlar” takrorlanishining oldini olish maqsadida ham”, - dedi Sыromolotov.

Qozogʻistondagi tartibsizliklar

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistondagi norozilik namoyishlari respublika Gʻarbida joylashgan Janaozen va Oqtau shaharlarida suyultirilgan gaz narxi oshishi tufayli 3 yanvar kuni boshlangan edi. Shundan soʻng hukumat darhol maxsus komissiya tuzib vaziyatni oʻrgandi va gaz narxini tushirishga rozi boʻldi.
Lekin shunga qaramasdan 5 yanvar kuni Qozogʻiston Janubida, Olma-Ota, Chimkent, Taraz va boshqa shaharlarda ommaviy tartibsizliklar, kuch ishlatar tizimlari vakillariga va hukumat binolariga hujum, talon-tarojlar boshlanib ketdi. Namoyishchilar bir necha hududlarda maʼmuriy binolarni, telekanallarni egallab olib ularga oʻt qoʻyishdi.
Shundan soʻng Qozogʻiston prezidenti mamlakatda Favqulodda vaziyat eʼlon qildi va terrorchilik xavfi tufayli, KXSHT davlat rahbarlari kengashiga yordam soʻrab murojaat qildi.
KXSHT Xavfsizlik kengashi Qozogʻistonga tinchlikparvar kuchlarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi va qisqa vaqt ichida Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston harbiylari Qozogʻistonga olib kelindi.
KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozogʻistonda aksilterror operatsiyalarda ishtirok etgani yoʻq Ular muhim strategik ahamiyatga ega boʻlgan obʼyektlar – aeroportlar, elektr va nasos stantsiyalari, maʼmuriyat binolari va boshqa obʼyektlarni qoʻriqlash bilan shugʻullanishdi.
Qozogʻistonda konstitutsiyaviy tartib oʻrnatilganidan soʻng KXSHT tinchlikparvar kuchlari qisqa vaqt ichida respublika hududidan olib chiqib ketildi. Rossiya harbiylarining soʻnggi samolyoti 19 yanvar kuni Qozogʻistonni tark etdi.
Yangiliklar lentasi
0