https://oz.sputniknews-uz.com/20220119/roma-ozbekistonda-akademiyasini-ochishi-mumkin-22266406.html
“Roma” Oʻzbekistonda akademiyasini ochishi mumkin
“Roma” Oʻzbekistonda akademiyasini ochishi mumkin
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyada (OʻFA) Italiyaning "Roma" klubi vakili Karlos Perez bilan boʻlib oʻtdi. Eldor Shomurodov kabi futbolchilarning xorijiy klublardagi faoliyatiga oid maxsus filmlar tasvirga olish kerakligini taʼkidlandi.
2022-01-19T11:08+0500
2022-01-19T11:08+0500
2022-01-19T11:08+0500
sport
oʻfa
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/13/22266378_0:44:1280:764_1920x0_80_0_0_1647efc185f4bda2b922b5866a64b6ca.jpg
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyada (OʻFA) Italiyaning "Roma" klubi vakili Karlos Perez bilan boʻlib oʻtdi.Uchrashuv avvalida Karlos Perez mamlakatda koʻplab iqtidorli futbolchilar mavjudligi, ular jahon maydonlarida oʻzlarining isteʼdodlarini koʻrsatib kelayotganligini Eldor Shomurodov misolida eʼtirof etdi.OʻFA vakillari Oʻzbekistonda "Roma" klubi akademiyasini tashkil etish imkoniyatlarini oʻrganish borasida fikr bildirishdi.Eldor Shomurodov rimliklarni oʻz gollari bilan maftun etishda davom etmoqdaBundan tashqari, oʻzbekistonlik iqtidorli futbolchilar hamda murabbiylarni Italiyada malaka oshirish va tajriba almashishini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilingan. Yevropada mavqei yuqori hisoblangan "Roma" klubining marketing tizimini ham oʻrganib chiqib, mamlakatda tatbiq etish taklifi ilgari surilgan.Tomonlar Eldor Shomurodov kabi Oʻzbekistonning yetakchi futbolchilarining xorijiy klublardagi faoliyatiga oid maxsus filmlar tasvirga olish kerakligini taʼkidlashdi. Bu yosh futbolchilarning motivatsiyasini oshirish, oʻz ustida ishlash, professionallikka intilish, irodali boʻlib yetishishiga turtki boʻlishi mumkin.“Atletiko Madrid” Oʻzbekistonda futbol akademiyasini ochmoqchiShuningdek, mazkur uchrashuvda sport tadbirlarini tashkil etish, menejment, marketing kabi bir qator yoʻnalishlarda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan hisoblangan "International Management Group" vakillari ham ishtirok etdi.Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 2021 yil yozidan buyon “Roma” safida toʻp surib kelmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/13/22266378_102:0:1178:807_1920x0_80_0_0_2f0f548002b8ee17ad177b693ccbcb97.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻfa
“Roma” Oʻzbekistonda akademiyasini ochishi mumkin
OʻFA rahbariyati Italiyaning "Roma" klubi vakili Karlos Perez bilan uchrashuv oʻtkazdi.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyada (OʻFA) Italiyaning "Roma" klubi vakili Karlos Perez bilan boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida Karlos Perez mamlakatda koʻplab iqtidorli futbolchilar mavjudligi, ular jahon maydonlarida oʻzlarining isteʼdodlarini koʻrsatib kelayotganligini Eldor Shomurodov misolida eʼtirof etdi.
OʻFA vakillari Oʻzbekistonda "Roma" klubi akademiyasini tashkil etish imkoniyatlarini oʻrganish borasida fikr
bildirishdi.Bundan tashqari, oʻzbekistonlik iqtidorli futbolchilar hamda murabbiylarni Italiyada malaka oshirish va tajriba almashishini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilingan. Yevropada mavqei yuqori hisoblangan "Roma" klubining marketing tizimini ham oʻrganib chiqib, mamlakatda tatbiq etish taklifi ilgari surilgan.
Tomonlar Eldor Shomurodov kabi Oʻzbekistonning yetakchi futbolchilarining xorijiy klublardagi faoliyatiga oid maxsus filmlar tasvirga olish kerakligini taʼkidlashdi. Bu yosh futbolchilarning motivatsiyasini oshirish, oʻz ustida ishlash, professionallikka intilish, irodali boʻlib yetishishiga turtki boʻlishi mumkin.
Shuningdek, mazkur uchrashuvda sport tadbirlarini tashkil etish, menejment, marketing kabi bir qator yoʻnalishlarda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan hisoblangan "International Management Group" vakillari ham ishtirok etdi.
Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 2021 yil yozidan buyon “Roma” safida
toʻp surib kelmoqda.