Jamiyat

“Sevimli” telekanalida namoyish etilgan axloqsizlik sahna yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishPult ot televizora v rukax devushki.
Pult ot televizora v rukax devushki.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Efirga uzatilgan behayo va zoʻravonlik aks etgan serial lavhasi jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻlgan.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. "Sevimli" telekanali orqali milliy serial namoyish etish chogʻida axloqsizlik sahnalari mavjudligi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materiallar jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻlgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertiza tayinlangan.
“Ekspertiza natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, bunday holat "Sevimli” telekanali bilan birinchi marta sodir boʻlayotgani yoʻq. 2018 yilda ham kanal pornografik sahnalari mavjud filmini efirga uzatgani uchun ogohlantirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0