Kolumnistlar

“Ular yoʻl chetidan yurishibdi”: Donbassda nimalar boshlanyapti

© Sputnik / Sergey Averin / Fotobankka oʻtishJenщina ubirayet musor vo dvore jilogo doma v Donetske, postradavshego v rezultate obstrela
Jenщina ubirayet musor vo dvore jilogo doma v Donetske, postradavshego v rezultate obstrela - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Donbassda vaziyat taranglashmoqda: DXR va LXR muntazam oʻqqa tutishlar haqida xabar bermoqda, UQK ogʻir texnikalarni olib kelmoqda, gʻarb OAVlari esa “Rossiyaning bostirish kirish” kirish stsenariysini muhokama qilishmoqda.
Chamasi, Kiyev masalani kuch bilan hal qilishdan voz kechmayapti – yevropalik va amerikalik ittifoqchilar sukut saqlab rozilik berishmoq. Mintaqada nimalar roʻy berayotganini - RIA Novosti materialida.

Yana otishma

Donbassda Yangi yil bayramlari nisbatan tinch oʻtdi, oʻt ochmaslik rejimiga amal-taqal rioya qilindi. Kiyev bu kunlarda KXSHT tinchlikparvar kuchlarining Qozogʻistondagi operatsiyasini kuzatdi. Uning muvaffaqiyati, koʻrinishidan, ukrain hukumati taassurot uygʻotgan. Zelenskiy hatto harbiy nutqlarini susaytirdi va 11 yanvar kuni deeskalatsiya haqida kelishib olishga tayyorligini bildirdi.
Biroq harbiylar Oliy bosh qoʻmondonni qoʻllashga shoshilishmayapti: oʻsha kuni oʻqqa tutish qayta tiklandi. Oʻtni Donetsk viloyati Novolasp aholi punktiga qarata ochishdi.
Qurbonlar kuzatilmadi, lekin biroz oʻtib ikki nafar Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) askari oʻzining fugasida portlab ketdi. Donbass anchadan buyon Kiyevni atrofni minalashtirish va qoʻporuvchilik uyushtirishga tayyorgarlik koʻrishda ayblab keladi. LXR buning uchun yanvar oyida “Gʻarb” maxsus boʻlinma markazi jangchilarini Lugansk stantsiyasiga olib kelishgan deb hisoblaydi.
DXR 131-razvedka bataloni merganlari paydo boʻlganini xabar qildi. Ravshanki, Kiyev uzoq pozitsiyali urush sharoitlarida oʻt ochishlar va frontning butun chiziqlari boʻllab keskinlik oʻchoqlarini yaratish bilan dushman yuragiga gʻulgʻula solishni ahd qilgan. Artooʻqqa tutishlar ham koʻpaygan: oʻtgan hafta ichida respublikani yirik kalibr 20 martadan ziyod qoplagan.
Ukraina armiyasi Donbassdagi maktabga kuchlarini tortib kelmoqda – LXR
Qolaversa, UQK frontga ogʻir texnikani olib kelishmoqda. DXR Xalq militsiyasi Andreyevka yaqinida 9K33 “Osa” zenit-raketa majmuasi, Mangushda BM-21 “Grad” tizimi hamda Volodarskiy yaqinida uchta “Akatsiya” toʻplarini aniqladi.
Ustiga ustak buni YEXHT kuzatuvchilari yashirishga urinishmoqda.

Gʻarb instruktorlari

Ehtimol, ukrain hukumati shu tariqa Rossiya va Gʻarb muzokaralari ortidan ittifoqchilarining diqqatini oʻziga qaratmoqchi. Boz ustiga, ularni shundoq ham unutib qoʻyishmayapti. Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas YEIda hamkasblari bilan norasmiy uchrashuvda Ukrainada Yevroittifoqning harbiy missiyasini tuzishni taklif qildi. Uni Yevrodiplomatiya rahbari Jozep Borrel qoʻllab-quvvatladi va Bryussel u yerga “yuqori darajadagi harbiy kadrlarni” tayyorlash uchun mutaxassislarni joʻnatishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritdi.
“Yevropa Ittifoqi ukrainlarga nimalarni oʻrgatadi”, - deya savol bilan yuzlanadi harbiy ekspert Yuriy Kotyonok. – Qiyshiq NATO zarbalarigami? Lekin buni mana yetti yildirki amerikaliklar, britaniyaliklar, kanadaliklar Yavorovskiy va boshqa poligonlarda bajarib kelishyapti. Ochakovoda, Nikolayevda yangi harbiy obʼyektlar qurishmoqda. Shunga oʻxshash bayonotlar Gʻarb Ukrainani Rossiyaga qarshi turish nuqtai nazaridan platsdram sifatida koʻrayotganidan yana bir marta dalolat beradi. Bu hudud nafaqat AQSH, balki Vashington koʻrsatmalarini bajarayotgan ularning malaylari tomonidan egallab olingan”.
Britaniyaliklar Ukrainadan qochishga hozirlanishmoqda
Amerikaliklar ham UQKni yanada kuchaytirishni moʻljallashmoqda. OAV razvedka va milliy xavfsizlik organlarining besh nafar sobiq xodimlariga tayanib MRB AQShda elita ukrain kuchlarining maxsus operatsiyasining maxfiy jadal tayyorgarlik koʻrish loyihasini boshqarayotgani haqida yozgandi. “Kursantlarga” bir necha hafta davomida oʻqotar quroldan foydalanishni, maskirovka ususllarini, taktikaning turli turlari hamda razvedkani oʻrgatishadi.

Qiziq chiziqlar

Shu bilan birga AQSH va YEI boʻlajak “Kreml tajovuzi” boʻlishini haqida tinmasdan gapirmoqda. Amerikaning The New York Times gazetasi kuni kecha fevraldagi Rossiya hujumi haqida xabar qildi. Oldinroq gʻarb OAVlari dekabr oxiri, yanvar oʻrtasi va oxirini aytishgandi. Bundan tashqari, Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining soʻzlariga koʻra, Vashingtonning Moskva tomonidan “bostirish kirishni” oqlash uchun provakatsiya tayyorlanayotganining goʻyoki dalillari borligini aytdi.
Kreml bunday niyati yoʻqligini bot-bot takrorlamoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN ga bergan intervyusida Ukraina bilan chegaradagi qoʻshinlar oʻz xavfsizligini taʼminlash va AQSH va NATOning harbiy faoliyatiga javob berish uchungina turganini tushuntirdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavroning soʻzlariga koʻra, Rossiya hech qachon na omma oldida, na yopiq rejimda ukrainlarga tahdid qilgan.
“Janob Zelenskiy va uning safdoshlari esa – ular buni toʻgʻridan-toʻgʻri qilishmoqda. Biz yaxshi tushunamizki: Gʻarb bu hukumatni qurol bilan mast qilayotgan barcha narsa, unda Ukraina sharqidagi muammolarni kuch yoʻli bilan hal qilishga oʻtishga qoʻshimcha vasvasani tugʻdirmoqda. Bu biz uchun maʼlum sabablarga koʻra mutlaqo maqbul emas”, - dedi Lavrov.
Putin Ukraina yangi harbiy operatsiyani tayyorlayotgan boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi
Rossiya oʻz chegaralarida va Azov dengizida NATO infratuzilmalari paydo boʻlishiga toqat qilmaydi. Qoʻshni mamlakatda zarba beruvchi qurollar boʻlishi - yana bir qizil chiziq. Lavrov gʻarblik hamkorlarga 1999 yilda Istanbulda qabul qilingan Yevropa xavfsizligi xartiyasini qayta oʻqib chiqishni maslahat berdi.
“Gʻarb hozir aytayotgan va qilayotgan hamma ish – oʻsha payt asos qilib olingan majburiyatlaring qoʻpol buzilishi”, - deya taʼkidladi Rossiya TIV rahbari.
Oʻsha hujjatda XXI asrda dunyo hamjamiyati xavfsizligi kontseptsiyasi shakllantirilgan. Ikki tamoyil asos qilib olingan: kollektivlik tamoyili – “ishtirokchi har bir davlatning xavfsizligi barcha boshqalarning xavfsizligi bilan chambarchas bogʻlangan” va BMT Xavfsizlik kengashining dunyo tinchligini qoʻllashdagi birinchi navbatdagi masʼuliyati. Xartiyani 54 ta davlat, jumladan, Rossiya va AQSH qabul qilgan, ammo Yevropada NATO roli u yerda hech qanday yozilmagan.
Yangiliklar lentasi
0