“G‘alaba qozonsak, bu mo‘’jiza bo‘ladi”: tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev Olimpiada-2022 haqida

© Foto iz lichnogo arxiva Komiljona TuxtayevaKomiljon Tuxtayev.
Komiljon Tuxtayev.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini yagona sportchi – tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev himoya qiladi. U musobaqalardan kutayotgan natijalarini Sputnik nashriga bergan eksklyuziv intervyusida so‘zlab berdi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Pekinda qishki Olimpiada o‘yinlari 4-fevral kuni boshlanadi. Unda O‘zbekiston sharafini 24 yoshli tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev himoya qiladi. Hozir sportchi o‘zining ikkinchi Olimpiadasiga Italiyada tayyorgarlik ko‘rmoqda. U “slalom” va “gigant slalom” yo‘nalishlarida o‘z kuchini sinab ko‘radi.
To‘xtayev musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.
Komiljon Olimpiya o‘yinlarida bir o‘zi qatnashishi juda mayusligi ekanini tan oladi, chunki har tomonlama qo‘llab, kuch bag‘ishlab turadigan jamoa kayfiyati bo‘lmaydi.
O‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichisi qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
“Albatta bizda, terma jamoa sportchilari orasida, yaxshi raqiblik hissi bor, lekin u, hoynahoy, boshqa mamlakatlardan bo‘lgan hamkasblarimizga qaratilgan. Axir biz ko‘proq bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz, va bu g‘alaba yordam ko‘rsatmay qolmaydi”, - deydi sportchi Olimpiadagi yolg‘iz ishtiroki haqida gapirayotib.
Sportchining so‘zlariga ko‘ra, bu holatda g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatlar juda kam. Biroq Komiljon munosib ravishda chiqish qilish uchun barcha sa’y-harakatlarini ishga soladi. Chunki sportning qishki turlari bo‘yicha yetakchi mamlakatlarning eng yaxshi sportchilari bilan bellashish – juda qiyin vazifa.
To‘xtayev mana to‘rt oydirki Yevropada shug‘ullanmoqda.

“Bu, albatta, g‘alaba qozonish uchun yetarli emas, - deydi sportchi. – Olimpiada o‘yinlaridagi vazifa barcha Osiyo mamlakatlarini ortda qoldirishdan iborat. Agar g‘alaba qozonsak, bu mo‘’jiza bo‘ladi, chunki imkoniyatlar kam”.

To‘xtayev uchun bu ikkinchi Olimpiada. Janubiy Koreyaning Pxonchxan shahrida oldingi qishki Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichi marraga yetib bora olmagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi sportchilar orasidagi raqobat uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilish zarur. Qishki sport turlarini rivojlantirish uchun infratuzilmalar kerak.
Pekin qishki Olimpiadasida O‘zbekiston ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda
“Mamlakatimizda raqobat bo‘lgan vaqtda, bizning boshqa mamlakatlar bilan raqobatlashishimiz osonroq bo‘ladi”, - deya xulosa qildi Komiljon To‘xtayev.
Komiljon To‘xtayev 1997-yil 30-oktabrda Toshkent viloyati Yangiobod shahrida tug‘ilgan. Qator xalqaro musobaqalarda qatnashgan: 2015-yilda Biver-Krik (AQSh), 2017-yilda v Sankt-Morisdagi (Shveysariya) jahon chempionatida qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0