Siyosat

Mirziyoyev Toqayev bilan qoʻngʻiroqlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidenti hamkasbi Toqayev tomonidan Qozogʻistondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozogʻistonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini koʻrib chiqdilar.
“Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan savdo va logistika, mashinasozlik, energetika, qishloq xoʻjaligi, kimyo va farmatsevtika, toʻqimachilik va oziq-ovqat sohalari va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi”, - deyiladi Oʻzbekiston rahbari matbuot xizmati xabarida.
Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti tomonidan mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistondagi voqealarga munosabat bildirdi
Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0