Rossiya

YEOII va Oʻzbekiston: YEIK organlari faoliyatida respublikaning ishtirokini kengaytirish haqida

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran YEAES
Flagi stran YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
YEOII doirasida amalga oshirilayotgan jarayonlarga kuzatuvchi-davlatlarning ishtirokini faollashtirish masalasini koʻrib chiqadi.
TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) kengashi YEOII doirasida amalga oshirilayotgan jarayonlarga kuzatuvchi-davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish masalasini muhokama qiladi.
Gap birinchi navbatda Oʻzbekiston haqida ketmoqda, dedi Belarus bosh vaziri oʻrinbosari, kengash aʼzosi Igor Petrishenko.
Mirziyoyevning tashabbusi

Oʻtgan yilning dekabr oyida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi organlarida kuzatuvchi davlatlarning ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishni taklif qilgandi.

KengaytirishYigʻishtirish

“Davlat rahbarlari topshirigʻiga asosan bugun biz YEOII doirasida oʻzaro hamkorlik masalalariga kuzatuvchi-davlatlarni, birinchi navbatda, Oʻzbekistonni jalb qilishni faollashtirish masalasini koʻrib chiqamiz”, - dedi Petrishenko.

Uning soʻzlariga koʻra, bu Oʻzbekistonning tashabbusi edi, kuzatuvchi-davlat maqomidan faolroq foydalanish, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi doirasida ishni tashkil qilish, dolzarb masalalarni hal etish nuqtai nazaridan ham ittifoq aʼzolari va kuzatuvchi-davlatlarga muhim boʻladi.
Belarus bosh vaziri oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, yigʻilishda YEOII uchinchi davlatlar bilan savdo aylanmasini kengaytirish, bojxona va tariflarni himoya qilish masalalari, ittifoq doirasida tovarlarni olib oʻtish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham muhokama qilish rejalashtirilgan.
YEIK Kengashining yangi yildagi birinchi yigʻilishi kun tartibi 30tadan ortiq masaladan iborat.
U oʻtgan yil yakunlariga koʻra, YEOIIda ichki savdo aylanmasi 23 foizga oshganiga eʼtibor qaratdi.
YEOII 2015 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Iqtisodiy birlashmaga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kiradi.
Oʻzbekiston 2020 yil dekabr oyida YEOIIda kuzatuvchi maqomini oldi.
Yangiliklar lentasi
0