Dunyoda

Yevroparlament Qozogʻistonga sanktsiyalar kiritishni soʻramoqda

© Sputnik / Aleksey Vitvitsky / Mediabankka oʻtishTuristы v otrajenii emblemы YES
Turistы v otrajenii emblemы YES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yevroparlament Qozogʻistondagi tartibsizlik vaqtida sodir boʻlgan noqonuniy holatlarni tekshirish va mansabdor shaxslarga nisbatan sanktsiyalar kiritishga daʼvat qildi.
TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Yevropa parlamenti Qozogʻistondagi voqealar boʻyicha xalqaro tekshiruv oʻtkazish va inson huquqlarini jiddiy poymol qilgan qozoq rasmiylariga qarshi sanktsiyalar qoʻllashga chaqirmoqda.
Odatda, Yevroparlament rezolyutsiyalari deklarativ va majburiy emas, lekin Yevropa Ittifoqi institutlari va Yevropa davlatlari ularni hisobga oladi.
YEP va YEI Kengashi 2022 yil yanvaridagi norozilik namoyishlari chogʻida sodir etilgan jiddiy qonunbuzarliklar uchun javobgar boʻlgan qozogʻistonlik yuqori martabali amaldorlarga shaxsiy sanktsiyalar qoʻllashga daʼvat qildi.
Ular Yevropa Ittifoqi tomonidan yaqinda tasdiqlangan inson huquqlarini jiddiy buzganlik uchun global sanktsiyalar rejimini eslatib oʻtdilar. Yangi hujjat butun dunyo boʻylab bunday huquqbuzarliklarga aloqador shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi.
Yevroparlament deputatlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqini Olma-Ota va Qozogʻistonning boshqa shahardarida namoyishlar vaqtida sodir boʻlgan “odamlar gʻoyib boʻlishi, qiynoqlar, nohaq hibsga olishlar, snayperlar tomonidan yoʻq qilinishini, jumladan, voyaga yetmaganlarni ham" tekshirishga chaqirmoqda.
YEP, shuningdek, Qozogʻiston hukumatini vaziyatni tekshirish va joyida baholash uchun BMT va YXHT ekspertlarini taklif qilishga chaqirgan.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozogʻistonda jurnalistlarga hujum uyushtirilganda, telekanallar redaktsiyalari yoqib yuborilgan vaqtlarda YEXHTning sukut saqlaganini - tashkilot uchun sharmandalik deb atagan edi.
"Bu oʻzini mayoq sifatida koʻrsatayotgan tashkilot uchun shunchaki uyat. Gʻarb YEXHTni jurnalistlar huquqlarini himoya qilishda "oltin standart" deb ataydi. Boʻlib oʻtgan voqealar uning "oltin standart” emas "ikki tomonlama standart" ekanini namoyish qildi. Redaktsiyalarga tajolvuz qilinib, jurnalistlar hayotiga tahdid solinganida - ular lom-mim deyishmadi”, - dedi Lavrov.
Vazir shuningdek, YEXHTning “hamjihatlikda yashash” toʻgʻrisidagi chaqirigʻi KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozogʻistonda vaziyatni tinchlantirishga yordam berganidan va tartibsizliklarni boshlaganlar va aybdorlari qoʻlga olinganidan keyingina paydo boʻlgani haqida aytib oʻtdi.
Yangiliklar lentasi
0