Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Har kuni asal isteʼmol qilinsa, organizmda nimalar sodir boʻladi?

Med - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Asal sevimli shirinlik va shu bilan birgalikda shamollashga qarshi ajoyib vosita. Ammo uning ham barcha mahsulotlar kabi zararli jihatlari ham bor. Batafsil materialimizda oʻqing.
Gippokrat davridan buyon asal odamzotning eng yaxshi koʻrgan dori vositalaridan biri. Bejizga qadimiy faylasuf uni har kuni isteʼmol qilishni tavsiya qilmagan. Ushbu noyob mahsulotning foydali jihatlarini nafaqat xalq tabobati, balki ilmiy tibbiyot ham tasdiqlaydi.
Sputnik Belarus asalning zararli va foydali jihatlari haqida maʼlum qiladi.
Tibbiyot mutaxassislari hamon qaysi asal eng foydali yoki aksincha ekanligi haqida bahslashadi. Shubhasiz, faqatgina tabiiy asal shifobaxsh xususiyatlarga ega.
Asalning foydali jihatlari
Asalning eng foydali jihatiantibakterial va antivirus xususiyatida.Nektar bakteriyalarga qarshi asosiy kurashuvchi boʻlgan juda koʻp miqdordagi kaliyni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, unda yuqori miqdorda mis va temir mavjud. Bu anemiyani davolash va gemoglobinni oshirishga yordam beradi.
Asal qoʻshilgan sut - onalarimiz va buvilarimizning eski va sevimli retsepti: koʻpchiligimiz bolalikda bu ichimlik bilan yoʻtalni davolaganmiz. Shuningdek, u depressiya, hissiy toliqish va uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi. Suv, zanjabil va limon qoʻshilgan asal koʻngil aynishdan xalos qiladi va oshqozon holatini meʼyorlashtiradi.
Asal goʻzalligi haqida qaygʻuradiganlarning ham sevimli mahsuloti. U kosmetologiyada keng qoʻllaniladi va asalning tabiiy yogʻlaridan tayyorlangan niqoblar teriga juda yaxshi taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun koʻplab goʻzallik brendlari asalbilanterini parvarish qilish vositalari liniyalarini ishga tushirmoqda.
Kaloriya va shakarning yuqori miqdoriga qaramasdan, parhezshunoslar asalni kunlik ratsionga kiritishni tavsiya qiladi. U yogʻni yaxshi parchalaydi va ortiqcha vazn bilan kurashishda yordam beradi.
Zararli xususiyatlari
Ushbu shirin mahsulotni ishlatishga qarshi koʻrsatmalar haqida unutmaslik lozim. Ulardan eng muhimi allergiyadir. Qichishish va toshma koʻrinishidagi odatiy reaktsiyaga qoʻshimcha ravishda, asalning salbiy taʼsiri oshqozon buzilishi sifatida namoyon boʻlishi mumkin.
Homilador va emizikli ayollar ham shifokor bilan maslahatlashmasdan asalni isteʼmol qilmasligi kerak. Onada hech qachon allergiya kuzatilmagan boʻlsa ham, chaqaloqda allergiya boʻlishi mumkin. Shuningdek, diabetga chalinganlar, pankreatit bilan ogʻriganlar va oshqozon kislotaliligi yuqori boʻlgan odamlar shifokor maslahatisiz asal isteʼmol qilmasligi kerak.
Asal keltirishi mumkin boʻlgan noxush holat - kuperoz yoki shikastlangan va kengaygan kapillyar boʻlishi mumkin. Buning sababi, asal qon aylanishini tezlashtiradi va shu bilan u moʻrt tomirlarga ortiqcha yuk boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0