"Malibu" haydovchisini to‘xtatgan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2022
Obuna bo‘lish
"Malibu" haydovchisini to‘xtatgan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. "Malibu" haydovchisini to‘xtatgan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi, deb xabar qildi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda “1 sm uchun 6.750.000 sӯm jarima” degan video tarqaldi.
2022 yil 9-yanvar kuni soat 14:10 larda Toshkent shahar, Yangihayot tumanida joylashgan "A.Turbanov" YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi I.Toshmatov "Malibu" rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatdi.
Tekshiruv mobaynida avtomobil old oynasining tepa qismi belgilangan meyordan ortiq hajmda qoraytirilganligiga YPX xodimi tomonidan e’tiroz bildirilganligi videoda aks etgan.
Holatga to‘liq oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda.
Yangiliklar lentasi
0