Yoshlarning xorijdagi noqonuniy hujralarda diniy ta’lim olishiga ko‘maklashgan guruh ushlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2022
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida qo‘lga olingan shaxslar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining Misr Arab Respublikasida noqonuniy hujralarda diniy ta’lim olishlariga ko‘maklashgan.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. DXX yoshlarni xorijdagi noqonuniy hujralarda diniy ta’lim olishiga ko‘maklashgan guruhni qo‘lga oldi.
2021 yil 22-dekabr kuni Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali aqidaparastlik, ekstremistik hamda terrorchilik g‘oyalari targ‘iboti bilan shug‘ullanib kelgan shaxslarning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanidan bo‘lgan "U.Ya.", "A.Ya." va ularning Toshkent shahridagi jinoiy sheriklari "D.T.", "U.Q." mahalliy yoshlarning, shu jumladan, voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining Misr Arab Respublikasida noqonuniy hujralarda diniy ta’lim olishlariga ko‘maklashib, diniy ekstremistik oqim tarafdorlarining ko‘payishini qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Hozirda bu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0