Jamiyat

“Omikron” sabab Call-markazga qoʻngʻiroqlar soni ikki baravarga koʻpaydi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishRabocheye mesto dispetchera
Rabocheye mesto dispetchera  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yanvar oyining ikkinchi oʻn kunligidan boshlab murojaatlar sezilarli darajada oshgan.
TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Yanvar oyining ikkinchi oʻn kunligida 1003 qisqa raqamli Call-markazga murojaatlar soni ikki barobar oshdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning 1-20 yanvar kunlari Call-markazga jami 14 ming 112 ta murojaat kelib tushdi.
Yanvar oyining ikkinchi oʻn kunligidan boshlab murojaatlar sezilarli darajada oshib, murojaatlar soni kuniga oʻrtacha 900-1000 taga yetgan.
“Natijada oyning ikkinchi oʻn kunligida jami 9600 ta murojaat kelib tushgan. Bu 1-10 yanvar kunlariga qiyoslaganda, 2 barobardan ziyod koʻrsatkichdir”, - deyiladi xabarda.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, qoʻngʻiroq qiluvchilarning katta qismi korononavirusning yangi shtammi belgilari, uni davolash yoʻllariga oid savollar bilan murojaat etmoqda.
Mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida SSV tomonidan 2020 yil 16 martdan boshlab 1003 qisqa raqamli Call-markaz tashkil etilgan edi. Hozir bu yerda Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan hamkorlikda 3 smenada ish olib borilmoqda.
Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat murakkablashgan. Bir kunda aniqlanayotgan koronavirus 1500 taga yaqinlashmoqda. Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovning soʻzlariga koʻra, koronavirusning omikron shtammi oldingilarga nisbatan biroz yengil oʻtmoqda. Shifoxonaga kelayotgan 90-95 foiz bemorda saturatsiyaning pasayishi va oʻpkaning zararlanishi kuzatilmayapti.
Yangiliklar lentasi
0