O‘zbekiston Markaziy Osiyo lideri bo‘ladimi - iqtisodchilar fikri

© press-slujba prezidenta UzbekistanaKompleks Registan v Samarkande
Kompleks Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2022
Obuna bo‘lish
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini bashorat qilmoqda. 2022-yilda aynan nimalar evaziga o‘sish kuzatiladi va qanday qilib respublika hatto Xitoyga xos bo‘lgan ishlab chiqarishga da’vo qilishi mumkin – batafsil Sputnik maqolasida o‘qing.
Jahon banki “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston yaqin ikki yil ichida iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan o‘zib ketadi.
Prognozga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasining davom etayotgani va yangi shtammlarning tarqalishi fonida Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning umumiy sekinlashishi kutilsa, O‘zbekistonga bu tendensiya ta’sir qilmaydi. Jahon banki ekspertlari bashoratlariga ko‘ra, respublika uchun iqtisodiy o‘sish 2022-yilda 5,6%ni, 2023-yilda esa 5,8%ni tashkil qilishi kerak.
Sputnik muxbiri aynan nimalar evaziga O‘zbekiston mintaqada yetakchi bo‘lishini iqtisodiyot sohasi mutaxassislaridan so‘radi.

Ikkinchi Xitoy

Taniqli o‘zbek iqtisodchisi Yuliy Yusupovning fikricha, chindan ham iqtisodiyotda o‘sish kutilmoqda va bu ko‘p jihatdan O‘zbekistondagi iqtisodiy to‘siqlarning olib tashlanishi bilan bog‘liq.
"Buning hech qanday ajablanarli joyi yo‘q. Biz haqiqatan ham qo‘shnilarimizdan tezroq o‘sishimiz kerak, chunki 2016-yildan keyin rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan ko‘plab to‘siqlarni olib tashlaganmiz. Bunga naqd pul muomalasi, chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash, eksport va import yo‘lidagi hamda biznes yuritishdagi ma’muriy to‘siqlarni bekor qilish, kamaytirish kiradi”, - deydi mutaxassis.
Rossiya Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq instituti direktori vazifasini bajaruvchisi, Milliy tadqiqot universiteti (NIU VShE)Jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti professori Aleksey Maslov ham Jahon banki e’lon qilgan yangi raqamlarga izoh berdi.
Kelgusi 5-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini qanday o‘zgarishlar kutmoqda
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiyotda keskin va jiddiy pasayish kuzatilgan. 2021-yilda esa Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlariga xos bo‘lgan iqtisodiyotning “sakrash”i kuzatildi.
“Iqtisodiyotning “sakrash”ini barqaror o‘sish bilan adashtirmasligimiz kerak. Tendensiyalarni kuzatish kerak”, - deydi iqtisodchi.
Shuningdek, mutaxassisning ta’qidlashicha, O‘zbekiston mehnatkash aholiga ega ulkan hudud. Mamlakat ommaviy tovar ishlab chiqarishni o‘zi tomon “tortib olishi” mumkin. Bu Xitoyning hozirgi kunda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga o‘tayotgani bilan bog‘liq.
“Bu yerda O‘zbekiston arzon va sifatli ishchi kuchi bilan yaqqol yetakchilardan biri bo‘lishi mumkin”, deb hisoblaydi ekspert.
O‘tgan yilda YaIM 7,4%ga oshdi – prezident
Aleksey Maslov so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda infratuzilma faol rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tdi. Respublika nafaqat ishlab chiqarish, balki yuk tashishni ham amalga oshirmoqda.

Barqarorlik masalasi

RANXiGS prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Andrey Margolin Jahon banki prognozini O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlik bilan bog‘lamoqda. Uning fikricha, siyosiy barqaror davlatgina iqtisodiyotni sifatli va jadal rivojlantira oladi.
“O‘zbekistonning lider bo‘lishi haqidagi prognozlar ham shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan. Qo‘shni davlatlardan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda barqaror muhit va barqaror biznes iqlimi mavjud bo‘lib, bu investorlar uchun juda muhim”, - deydi Margolin.
Professorning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini mustahkamlashda Rossiya bilan hamkorlik ham muhim o‘rin tutadi.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Buni ikki davlat rahbarlarining doimiy aloqalaridan ham kuzatish mumkin. Bundan tashqari, yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish boshlanmoqda. Bu, ayniqsa, iqtisodiyotning turli sohalaridagi loyihalarning katalizatoriga aylangan ta’lim sohasida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda”, - deydi Margolin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida VEB (Tashqi Iqtisodiy Bank) va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida kelishuv imzolangan. Unga ko‘ra, Rossiya mahsulotlarini “O‘zbekneftgaz” ishlab chiqarish quvvatlari uchun yetkazib berishni moliyalashtirishga 40 million yevro miqdoridagi Rossiya krediti bo‘yicha kelishilgan.
Bundan tashqari, avvalroq O‘zbekistonning Olmaliq kon-metallurgiya kombinati VEBdan, ya’ni Rossiya Federatsiyasidan 712 million yevro kredit jalb qilgan. Ushbu mablag‘lar misni qayta ishlash zavodi qurilishiga yo‘naltiriladi.
2019-2021 yillarda Rossiyaning “Metrovagonmash” kompaniyasi Toshkent metropoliteni uchun 91,3 million yevro miqdorida 60 ta vagon yetkazib berdi. Loyiha 2022-yilda ham davom etadi. O‘zbekiston Rossiyadan yana 56 ta yangi metro vagonlarini xarid qilishi kutilmoqda.

Nima uchun Moskva 2022-yilda asosiy hamkorga aylanadi?

Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ahamiyatini Aleksey Maslov ham ta’kidlaydi.
“Toshkent uchun Moskva savdo va ijtimoiy loyihalarda asosiy hamkor hisoblanadi. Tarifsiz zonalar va to‘siqlarni rivojlantirish o‘zbek tovarlarini Rossiya bozoriga va undan tashqariga olib chiqish imkoniyatidir”, - deya xulosa qiladi Maslov.
Yaqinda Rossiyadan O‘zbekistonga yana bir “Agroekspress” poyezdi yo‘lga chiqadi
2021 yil oxirida Razan viloyati tadbirkorlarining Toshkentga tashrifi ana shunday hamkorlikka misol bo‘la oladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari Dmitriyev Kozak bilan uchrashuvidan kuzatiladiki, bu tendensiya yanada kuchayadi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbariyatining Boshqirdiston Respublikasi sanoat, energetika va innovatsiyalar vaziri Aleksandr Sheldayev boshchiligidagi delegatsiyasi bilan bugungi uchrashuvi ham buni tasdiqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, tomonlar “ELEKTR” dasturiy majmuasini birgalikda joriy qilishni muhokama qilgan. Bu kommunal tarmoqlarga texnologik ulanish uchun ariza berish tartib-qoidalarini raqamlashtirish loyihasidir. Shuningdek, rossiyalik investorlar O‘zbekistonda mini-GESlar qurilishiga sarmoya kiritadi. 2030-yilgacha umumiy quvvati 200 MVt bo‘lgan 24 ta mini GES ishga tushirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0